Jamiyat

Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyaga uchinchi davlatlar orqali kirib kelishi mumkin

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishSamolet Airbus A320 aviakompanii "Aeroflot"
Samolet Airbus A320 aviakompanii Aeroflot - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.04.2021
Buning uchun faqat ushbu uchinchi davlat va Rossiya orasida doimiy aviaparvozlar yoʻlga qoʻyilganmi-yoʻqmi – aniq bilish kerak xolos.
TOSHKENT, 22 apr — Sputnik. Oʻzbekiston fuqarolari 2021 yilning 14 aprelidan boshlab Rossiyaga nafaqat Oʻzbekistonning oʻzidan balkim uchinchi davlatlar orqali ham kirib kelishlari mumkin, deb xabar qilmoqda Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi.
Buning uchun faqat ushbu uchinchi davlat va Rossiya orasida doimiy aviaparvozlar yoʻlga qoʻyilganmi-yoʻqmi – aniq bilish kerak xolos. Masalan, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston orqali amalga oshirilayotgan parvozlardan mutlaq qonuniy foydalanish mumkin, deyilgan xabarda.
Oldin Oʻzbekiston fuqarolari uchinchi davlat orqali Rossiyaga kirib kelishlari uchun ushbu davlatlarda yashashga ruxsatnomaga ega boʻlishlari kerak edi. Hozir bu talabdan voz kechilgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Rossiya orasida doimiy aviaparvozlar 1 apreldan boshlab yoʻlga qoʻyilgan edi. Xususan “Moskva-Toshkent-Moskva” yoʻnalishida Aeroflot aviakompaniyasining parvozi bilan har yakshanba kunlari parvoz qilish mumkin.
Shuningdek 7 apreldan boshlab UzAirways aviakompaniyasining “Toshkent-Moskva-Toshkent” yoʻnalishida har shanba kunidan boshlab haftasiga bir marotaba parvozlar amalga oshira boshladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala