O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga uchinchi davlatlar orqali kirib kelishi mumkin

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishSamolet Airbus A320 aviakompanii "Aeroflot"
Samolet Airbus A320 aviakompanii Aeroflot - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2021
Obuna bo‘lish
Buning uchun faqat ushbu uchinchi davlat va Rossiya orasida doimiy aviaparvozlar yo‘lga qo‘yilganmi-yo‘qmi – aniq bilish kerak xolos.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. O‘zbekiston fuqarolari 2021-yilning 14-aprelidan boshlab Rossiyaga nafaqat O‘zbekistonning o‘zidan balkim uchinchi davlatlar orqali ham kirib kelishlari mumkin, deb xabar qilmoqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi.
Buning uchun faqat ushbu uchinchi davlat va Rossiya orasida doimiy aviaparvozlar yo‘lga qo‘yilganmi-yo‘qmi – aniq bilish kerak xolos. Masalan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston orqali amalga oshirilayotgan parvozlardan mutlaq qonuniy foydalanish mumkin, deyilgan xabarda.
Oldin O‘zbekiston fuqarolari uchinchi davlat orqali Rossiyaga kirib kelishlari uchun ushbu davlatlarda yashashga ruxsatnomaga ega bo‘lishlari kerak edi. Hozir bu talabdan voz kechilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya orasida doimiy aviaparvozlar 1-apreldan boshlab yo‘lga qo‘yilgan edi. Xususan “Moskva-Toshkent-Moskva” yo‘nalishida Aeroflot aviakompaniyasining parvozi bilan har yakshanba kunlari parvoz qilish mumkin.
Shuningdek 7-apreldan boshlab UzAirways aviakompaniyasining “Toshkent-Moskva-Toshkent” yo‘nalishida har shanba kunidan boshlab haftasiga bir marotaba parvozlar amalga oshira boshladi.
Yangiliklar lentasi
0