Hodisalar

Oʻzbekistonda yomon yoʻllar sabab qariyb 2 yil ichida 191 kishi halok boʻlgan

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishV svyazi s novыmi pravilami PDD vыros spros na avtomobilnыy znak "Shipы"
V svyazi s novыmi pravilami PDD vыros spros na avtomobilnыy znak Shipы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.04.2021
Yoʻllar yomonligi sabab 2 yil ichida sodir boʻlgan 530 dan ortiq YTH oqibatida 191 kishi halok boʻlgan.
TOSHKENT, 22 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda 2019 yilda va 2020 yilning 8 oyi ichida taʼmirlanmagan yoʻllar sababli 532 ta yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan. Ularda 191 kishi vafot etib, 511 kishi jarohatlangan. Bu haqda Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Qutbidin Burhonov maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, mazkur YTHlar avtomobil yoʻllarining taʼmirlash ishlari olib borilayotgan, taʼmirlash ishlari oxiriga yetkazilmasdan qolib ketgan hamda taʼmirlanishi lozim boʻlgan joylarda sodir boʻlganligi qayd etilgan.
DTP s uchastiyem 5 mashin v Uchtepinskom rayone Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.01.2021
Hodisalar
Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir boʻldi
Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari harakat xavfsizligini taʼminlash, YTHlarning oldini olish, harakat ishtirokchilariga qulayliklar yaratish yuzasidan mahalliy hokimliklar hamda tegishli tashkilot va idoralarga 2017—2020 yillar davomida jami 6709 ta taqdimnoma kiritgan boʻlsa-da, ularning 3173 tasi yoki 45 foizi belgilangan muddatlarda ijro etilmagan.
Burhonovning soʻzlariga koʻra, taqdimnomalar ijrosini taʼminlamagan mutasaddilarga nisbatan taʼsirchan choralar koʻrish kerak.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala