Video

“Qilmishidan pushaymon boʻladi”: Putin igʻvogarlarni ogohlantirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal kengashga yoʻllagan murojaatida xalqaro munosabatlarga toʻxtalib oʻtdi.
Putin siyosatda belgilangan chegaralarni kesib oʻtayotgan ayrim mamlakatlarni ogohlantirdi.
“Biz haqiqatdan ham munosabatlarni uzishni istamaymiz. Biroq agar kimda-kim ezgu niyatlarimizni loqaydlik yoki zaiflik sifatida qabul qilsa va oʻzi munosabatlarni uzishni niyatida boʻlsa, u Rossiyaning javobi asimmetrik, tezkor va oʻta keskin boʻlishi bilib qoʻymogʻi darkor”, - dedi Rossiya yetakchisi.
Putin Rossiya xavfsizligiga tahdid qilayotgan igʻvogarlar “shunday pushaymon boʻlishadiki, shu paytgacha ular bunday afsuslanish nimaligini bilishmagan” deb qoʻshimcha qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala