Rossiya IIV mamlakatdagi noqonuniy migrantlarga murojaat qildi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPosetiteli v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre
Posetiteli v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2021
Obuna bo‘lish
Ma’lum qilinishicha, migrantlarning hujjatlari rasmiylashtirib beriladi va hech qanday chora qo‘llanilmaydi.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Rossiya Ichki ishlar vazirligi mamlakatdagi noqonuniy migrantlarga murojaat qildi.
Ta’kidlanishicha, Rossiya iqtisodiyotining ayrim tarmoqlarida mehnat resurslari yetishmasligini inobatga olib, Rossiyada qolgan chet el fuqarolarini qurilish, uy-joy kommunal va qishloq xo‘jaligi sohalariga qonuniy ishga jalb qilish yoki ularning o‘z vatanlariga qaytish imkoniyatlari ta’minlanmoqda.
Vazirlik Rossiya hududida bo‘lish uchun hech qanday qonuniy asosga ega bo‘lmagan shaxslarga IIVning ular bo‘lib turgan joylardagi hududiy organlariga murojaat qilish tavsiya etgan.
Migranti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2021
Deportatsiya yoki afv: o‘zbekistonlik migrantlarni 15-iyundan keyin nimalar kutapti
Prezident Vladimir Putinning farmoniga muvofiq migratsiya qonunchiligida belgilangan yashash tartibini buzgan holda mamlakat hududida bo‘lib turgan shaxslarga, bunday holatda nazarda tutilgan sanksiyalarni qo‘llamasdan, o‘zlarining huquqiy maqomlarini tartibga solish imkoniyati berilgan.
“Ushbu fuqarolar va ularning oila a’zolariga nisbatan vaqtincha yashash muddatini uzaytirish, yashash joyida ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va tegishli ruxsatnomalar rasmiylashtiriladi”, - deyilgan xabarda.
Avvalroq Rossiya IIV Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i Valentina Kazakova mamlakatda qolish va ishlashni davom ettirish istagidagi chet el fuqarolari migratsiya ro‘yxatidan o‘tishi zarurligini ta’kidlagan edi va ularni soyadan chiqishga chorlagan edi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi fuqarolarni 15-iyunga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga chaqirgan edi.
Rossiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston mamlakatdagi noqonuniy migrantlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda. Bugungi kunda Rossiyada 332 mingdan ziyod o‘zbekistonlik noqonuniy ishlab kelmoqda. Ular yuqoridagi imkoniyatdan foydalanishlari va o‘z maqomlarini qonuniylashtirishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0