Jamiyat

Rossiyaning “Royal Flight” aviakompaniyasi Andijonga muntazam parvozlar uchun ruxsat oldi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Fotobankka oʻtishSamolet Boeing 757-200 aviakompanii Royal Flight
Samolet Boeing 757-200 aviakompanii Royal Flight  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.04.2021
Taʼkidlanishicha, “Royal Flight” parvozlarni Boeing 757-200 havo kemasida amalga oshiradi.
TOSHKENT, 22 apr — Sputnik. Rossiyaning “Royal Flight” aviakompaniyasi Oʻzbekistonga muntazam qatnovlarni amalgan oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“Oʻzaviatsiya” agentligi Rossiya aviakompaniyasiga 2021 yil 21 aprel kuni Moskva – Andijon - Moskva yoʻnalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ekspluatatsion ruxsatnoma bergan.
Taʼkidlanishicha, “Royal Flight” parvozlarni Boeing 757-200 havo kemasida amalga oshiradi.
Samoletы aviakompanii Turkish Airlines - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Jamiyat
“Turkish Airlines” Istanbuldan Urganch va Fargʻonaga muntazam parvozlar uchun ruxsatnoma oldi
Avvalroq Rossiyaning “Red Wings” aviakompaniyasi Yekaterinburg va Chelyabinskdan Oʻzbekiston shaharlariga parvozlar amalga oshirishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.
Eslatib oʻtamiz, 1 apreldan koronavirus sabab vaqtincha toʻxtatib qoʻyilgan Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi muntazam parvozlar qayta tiklangan. Ular haftasiga ikki marotaba amalga oshirilmoqda. Qolgan parvozlar esa maxsus charter reyslar hisoblanadi.
Muntazam parvozlar Rossiyaning "Aeroflot" kompaniyasi tomonidan "Moskva — Toshkent — Moskva" yoʻnalishida har yakshanba kunlari amalga oshiriladi. "UzAirways" esa "Toshkent — Moskva — Toshkent" yoʻnalishi boʻyicha har shanba kunlari uchadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala