Siyosat

Shavkat Mirziyoyev iyun oyida Tojikistonga safar qiladi

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaEmomali Raxmon vstretil Shavkata Mirziyoyeva v aeroportu Dushanbe
Emomali Raxmon vstretil Shavkata Mirziyoyeva v aeroportu Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.04.2021
Oʻzbekiston va Tojikiston bosh vazirlari Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga boʻlajak tashrifini muhokama qildi.
TOSHKENT, 22 apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil iyun oyining birinchi yarmida Tojikistonga tashrif buyuradi.
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, 21 aprel kuni Dushanbe shahriga Oʻzbekistonning tegishli vazirlik va idoralari vakillaridan iborat ekspertlar delegatsiyasi tashrif buyurgan.
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.02.2021
Siyosat
Emomali Rahmon Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Ular savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va suv-energetika, shuningdek, sanoat va qishloq xoʻjaligi sohalarida hamkorlik masalalarini muhokama qilishadi.
Ekspertlarning ish natijalari Tojikiston bosh vaziri Kohir Rasulzoda va Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning Xoʻjand shahrida 24 aprel kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan uchrashuvida taqdim etiladi.
“Ikki mamlakat bosh vazirlari Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil iyun oyining birinchi yarmida Tojikistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik koʻrish jarayonini ham muhokama qiladi”, - deyilgan xabarda.
Xususan, oliy darajadagi tadbir dasturini mazmunli toʻldirish masalalari, jumladan, Oʻzbekiston rahbarining Tojikistonga tashrifi davomida imzolanishi moʻljallangan hujjatlar loyihalari koʻrib chiqiladi.
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga ilk rasmiy davlat tashrifi bilan 2018 yil 9 mart kuni borgan edi. Oʻsha yilning avgust oyida esa Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Toshkentga safar qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala