Hodisalar

Xonanda Jasur Umirov ustidan jinoiy ish ochishni rad etgan tergovchiga chora koʻrildi

Jasur Umirov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.04.2021
Unga nisbatan viloyat IIB boshligʻining buyrugʻi bilan hayfsan intizomiy jazosi qoʻllanilgan.
TOSHKENT, 22 apr — Sputnik. Xonanda Jasur Umirovga nisbatan nomusga tegish ishi yuzasidan dastlab jinoiy ish qoʻzgʻatishni rad etgan Kattaqoʻrgʻon tuman IIB Tergov boʻlimi tergovchisining harakatiga baho berildi. Bu haqda Samarqand viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv oʻtkazgan. Unda tergovchi dalillarni soxtalashtirmagani, tergov ishtirokchilarining koʻrsatmalarini oʻzlarining soʻzlaridan yozib olgani aniqlangan. Shu bois unga nisbatan JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Prokuratura - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.02.2021
Hodisalar
Jasur Umirovga qarshi jinoiy ish ochishni rad etgan tergovchining harakatlari oʻrganilmoqda
Biroq u ish yuzasidan qonuniy qaror qabul qilish uchun dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashda kamchiliklarga yoʻl qoʻygani sabab unga nisbatan viloyat IIB boshligʻining buyrugʻi bilan hayfsan intizomiy jazosi qoʻllanilgan.
Shuningdek, mazkur holatda idoraviy nazoratni yetarli darajada taʼminlamagan Kattaqoʻrgʻon tuman IIB TB boshligʻiga hayfsan, tuman IIB boshligʻiga tanbeh intizomiy jazosi qoʻllanilgan.
Viloyat IIB TB boshligʻining oʻrinbosari esa lavozimdan ozod qilingan.
Eslatib oʻtamiz, Jasur Umirov Jinoyat kodeksining nomusga tegish moddasi bilan aybdor deb topilgan va 5 yilga qamalgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala