Abdulla Aripov Xo‘jandda Rasulzoda bilan uchrashuv o‘tkazadi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov i premyer-ministr Tadjikistana Koxir Rasulzoda
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov i premyer-ministr Tadjikistana Koxir Rasulzoda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2021
Obuna bo‘lish
Koxir Rasulzoda va Abdulla Aripov Xo‘jandda, shu jumladan, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilish uchun ham uchrashishadi.
TOShKENT, 23 apr – Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov tojikistonlik hamkasbi Koxir Rasulzoda bilan Xo‘jandda uchrashadi. Bu haqda Tojikiston TIV xabariga tayangan holda Sputnik Tojikiston xabar bermoqda.
“Dushanbe va Xo‘jandda qator masalalarda tojik-o‘zbek muzokaralari bo‘lib o‘tadi”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda Dushanbega O‘zbekistonning turli vazirliklari va idoralari vakillaridan iborat ekspertlar delegatsiyasi yetib borishgan.
Emomali Raxmon vstretil Shavkata Mirziyoyeva v aeroportu Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2021
Shavkat Mirziyoyev iyun oyida Tojikistonga safar qiladi
Rejaga ko‘ra, yaqin kunlarda Tojikiston va O‘zbekiston savdo-iqtisodiy, transport, suv-energetika xarakteridagi masalalarni muhokama qiladilar.
Bundan tashqari, Aripov va Rasulzoda sanoat, qishloq xo‘jaligi singari sohalarda hamkorlikni muhokama qilishi rejalashtirilgan.
Ekspertlar ishi natijalari Tojikiston va O‘zbekiston bosh vazirlarining 24-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi davomida taqdim etiladi.
Somon Eyr predstavila novuyu uniformu dlya bortprovodnikov i pilotov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2021
Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida aviareyslar soni ko‘paydi
Koxir Rasulzoda va Abdulla Aripov Xo‘jandda, shu jumladan, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilish uchun ham uchrashishadi.
Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi taxminan 2021-yil iyun oyining birinchi yarmiga rejalashtirilgan.
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, bosh vazirlar bo‘lajak yuqori darajadagi tadbir dasturini, shu jumladan mamlakatlar o‘rtasida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlar loyihalarini muhokama qilishlarini xabar qilgan.
Yangiliklar lentasi
0