Jamiyat

Buxorolik yigit sevgilisini "issiq-sovuq" orqali qaytarishni istab, 3 ming $dan ayrildi

© Sputnik / Oleg Lastochkin / Fotobankka oʻtishGadalka
Gadalka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.04.2021
Tergov harakatlari davomida,"issiq-sovuq"chining boshqa jinoyatga aloqadorliklari tekshirilib, huquqiy baho berilishi taʼminlanadi, deb xabar bergan Tergov departamenti.
TOSHKENT, 23 apr – Sputnik. Buxorolik erkak sevgan qizini "issiq-sovuq" orqali qaytarishni istab, 3 ming dollaridan ayrildi.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining telegram kanalida xabar berilishicha, voqea mart oyida yuz bergan.
Koldunya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.12.2019
Hodisalar
Folbinga ishongan toshkentlik qiz ham yigitsiz, ham tilla taqinchoqsiz qoldi
"32 yoshli X.Sitora Buxoro shahrida yashagan T.Shavkat oʻzini “folbin” deb tanishtirib, uning sevgan qizini "issiq-sovuq" orqali qaytarib berishga vaʼda qilib, jami 3 000 AQSH dollar pullarini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan", - deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan X.Sitoraga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik, yaʼni ancha miqdorda aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulkini yoki oʻzganing mulkiga boʻlgan huquqni qoʻlga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov harakatlari davomida, X.Sitoraning boshqa jinoyatga aloqadorliklari tekshirilib, huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.
Hozirda tergov davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala