DXMlar orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar soni 200taga yetkaziladi – Adliya vazirligi

© Agentstvo gosudarstvennix uslugNurafshane otkrilsya noviy sentr gosuslug
Nurafshane otkrilsya noviy sentr gosuslug - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2021
Obuna bo‘lish
Jismoniy va yuridik shaxslarga yanvar – mart oylarida 3 milliondan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
TOShKENT, 23 apr – Sputnik. Joriy yilda Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sonini 154tadan 200 taga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Adliya vazirligi matbuot xizmatida ma’lum qilishdi.
Mujchina derjit papku v ruke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2021
Davlat organlari xodimlarining soni 15 foizgacha qisqartiriladi
Birinchi chorak sarhisobiga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslarga yanvar – mart hoylarida 3 mln.dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilgan (hozirga qadar aholiga qariyb 26 mln. dan ortiq).
Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida infrastrukturani rivojlantirish hamda tashrif buruvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Davlat xizmatlari markazlarining 140 ga yaqin innovatsion binosi foydalanishga topshirildi, 50 dan ortiq ortiq binolarda qurish ishlari jadal olib borilmoqda.
Tuman markazidan uzoqda joylashgan (100-300 km) hududlarda hamda aholining ehtiyojlaridan kelib chiqib, davlat xizmatlari markazining 115 dan ortiq filiallari tashkil etildi hamda bu kabi ishlar davom ettirilmoqda.
Aholiga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun ajratilgan 189 ta “Damas” avtomobillari va 20 ta maxsus jihozlangan “Isuzu” avtobuslari orqali jami 63 mingdan ortiq sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Posetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2021
O‘zbekiston xizmat ko‘rsatish sohasini tezkor rivojlantirishga 500 million dollar ajratmoqda
Amalga oshirilgan ishlarga qaramay, davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida ba’zi qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilayotganligi aniqlanib, ular yuzasidan tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.
Xususan, agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2021-yilning 1 choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida jami 104 mingdan ortiq qonun buzilish holatlari aniqlandi.
Shundan, 75 mingdan ortig‘i muddat buzish, 19 mingdan ortig‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat xizmati ko‘rsatish, 595 tasi ortig‘i asossiz rad etish va boshqa turdagi qonun buzilishlarni tashkil etadi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan vakolatli idoralarga 171 ta taqdimnoma, 934 ta ogohnoma kiritildi va 812 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi.
Kiritilgan ta’sir choralari natijasida 325 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi. Shundan, 19 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi va 812 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanildi.
Yangiliklar lentasi
0