Jamiyat

Moʻynoqda "Stixiya" elektron musiqa, sanʼat va ilm - fan festivali oʻtkaziladi

© Gosudarstvennыy komitet po razvitiyu turizma respubliki UzbekistanV gorode Muynak sostoyalsya elektronnыy muzыkalnыy festival “Stixiya”
V gorode Muynak sostoyalsya elektronnыy muzыkalnыy festival “Stixiya” - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.04.2021
Bunda jahonga mashhur musiqa prodyuseri Nina Kraviz hamda Rossiya, Qozogʻiston, Turkiya va Qirgʻizistondan kelgan turli musiqiy prodyuserlar, musiqachilar va didjeylar ishtirok etishadi.
TOSHKENT, 23 apr - Sputnik. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq shahrida 14-15 may kunlari navbatdagi "Stixiya" elektron musiqa, sanʼat va ilm - fan festivali boʻlib oʻtadi.
Bunda jahonga mashhur musiqa prodyuseri Nina Kraviz hamda Rossiya, Qozogʻiston, Turkiya va Qirgʻizistondan kelgan turli musiqiy prodyuserlar, musiqachilar va didjeylar ishtirok etishadi.
Forumda Oʻzbekiston va Rossiyadan kelgan olimlar, ekologlar va mutaxassislar ham qatnashadi.
Press-tur v Muynak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Jamiyat
Moʻynoqni bir vaqtlar tashlab ketganlar bugun afsusda - Orolboʻyi hududidan reportaj
Shuningdek, festivalda "6 milliard daraxt" ijtimoiy aktsiyasi oʻtkazilib, jumladan, Moʻynoq shahrida 5 mingdan ortiq daraxt ekish nazarda tutilgan. Loyihadan koʻzlangan maqsad mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxshilash uchun qurgʻoqchilikka chidamli boʻlgan buta va mevali daraxtlarni Moʻynoq shahri va Orol dengizining pastki qismida bosqichma-bosqich ekishdan iborat.
Mazkur loyiha Turizm va sport vazirligi hamda “Akustika fakulteti” MCHJ tashabbusi bilan “Rostex”, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi va Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi hamkorligida amalga oshirilmoqda. Loyihani homiylik mablagʻlari va respublika koʻngillilari ishtirokida doimiy ravishda amalga oshirish rejalashtirilgan.
"Stixiya" - 2018-yilda musiqiy tadbir sifatida boshlangan boʻlib, hozirda musiqa, madaniyat, sanʼat va ilm-fanning koʻp qirrali yoʻnalishiga aylangan. Shuningdek, "N + Stixiya" ilmiy forumi misolida qaralsa, unda inson faoliyatining bugungi va kelajakka taʼsiri, ekologiya va kelajak avlod uchun tabiiy resurslarni saqlash masalalari muhokama qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala