Mo‘ynoqda "Stixiya" elektron musiqa, san’at va ilm - fan festivali o‘tkaziladi

© Gosudarstvenniy komitet po razvitiyu turizma respubliki UzbekistanV gorode Muynak sostoyalsya elektronniy muzikalniy festival “Stixiya”
V gorode Muynak sostoyalsya elektronniy muzikalniy festival “Stixiya” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2021
Obuna bo‘lish
Bunda jahonga mashhur musiqa produseri Nina Kraviz hamda Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va Qirg‘izistondan kelgan turli musiqiy produserlar, musiqachilar va didjeylar ishtirok etishadi.
TOShKENT, 23 apr - Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq shahrida 14-15 may kunlari navbatdagi "Stixiya" elektron musiqa, san’at va ilm - fan festivali bo‘lib o‘tadi.
Bunda jahonga mashhur musiqa produseri Nina Kraviz hamda Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va Qirg‘izistondan kelgan turli musiqiy produserlar, musiqachilar va didjeylar ishtirok etishadi.
Forumda O‘zbekiston va Rossiyadan kelgan olimlar, ekologlar va mutaxassislar ham qatnashadi.
Press-tur v Muynak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
Mo‘ynoqni bir vaqtlar tashlab ketganlar bugun afsusda - Orolbo‘yi hududidan reportaj
Shuningdek, festivalda "6 milliard daraxt" ijtimoiy aksiyasi o‘tkazilib, jumladan, Mo‘ynoq shahrida 5 mingdan ortiq daraxt ekish nazarda tutilgan. Loyihadan ko‘zlangan maqsad mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxshilash uchun qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lgan buta va mevali daraxtlarni Mo‘ynoq shahri va Orol dengizining pastki qismida bosqichma-bosqich ekishdan iborat.
Mazkur loyiha Turizm va sport vazirligi hamda “Akustika fakulteti” MChJ tashabbusi bilan “Rostex”, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi hamkorligida amalga oshirilmoqda. Loyihani homiylik mablag‘lari va respublika ko‘ngillilari ishtirokida doimiy ravishda amalga oshirish rejalashtirilgan.
"Stixiya" - 2018-yilda musiqiy tadbir sifatida boshlangan bo‘lib, hozirda musiqa, madaniyat, san’at va ilm-fanning ko‘p qirrali yo‘nalishiga aylangan. Shuningdek, "N + Stixiya" ilmiy forumi misolida qaralsa, unda inson faoliyatining bugungi va kelajakka ta’siri, ekologiya va kelajak avlod uchun tabiiy resurslarni saqlash masalalari muhokama qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0