Hodisalar

Oʻzbekiston fuqarosi Qirgʻizistondan beshta kiyikni olib chiqayotganda qoʻlga olindi

© Press-slujba GKNB KR Pyat oleney na minivene xoteli vыvezti iz Kыrgыzstana v Uzbekistan
Pyat oleney na minivene xoteli vыvezti iz Kыrgыzstana v Uzbekistan
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.04.2021
Qirgʻizistonning Botken viloyati Qadamjoy tumani Jani-Jer hududida kiyiklar ortilgan miniven toʻxtatib qolindi. Toʻrtta kiyikning shoxlari arralangan boʻlgan
TOSHKENT, 23 apr — Sputnik. Qirgʻizistondan Toyota Previa minivenida noqonuniy ravishda kiyiklarni chiqarib ketmoqchi boʻlishdi, deb xabar berdi Sputnik Qirgʻiziston Davlat milliy xavfsizlik qoʻmitasiga tayangan holda.
Jonivorlarni noqonuniy olib chiqishga urinish holati chegara xodimlari tomonidan Qadamjoy tumanining Jani-jer hududida toʻsib qolingan. Mashina 49 yashar qirgʻizistonlikka tegishli ekanligi aytilmoqda.
Kiyiklar 1yoshdan toʻrt yoshgacha boʻlgan, toʻrttasining shoxi arralangan.
© Press-slujba GKNB KR Pyat oleney na minivene xoteli vыvezti iz Kыrgыzstana v Uzbekistan
Pyat oleney na minivene xoteli vыvezti iz Kыrgыzstana v Uzbekistan
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.04.2021
Pyat oleney na minivene xoteli vыvezti iz Kыrgыzstana v Uzbekistan
Hozirda mashina haydovchisi va uning yoʻlovchisi – Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olingan.
Tergov davomida hayvonlarni Oʻzbekistonga oʻtkazish rejalashtirilganligi maʼlum boʻlgan. Haydovchining yonida zarur tegishli hujjatlar boʻlmagan.
© Press-slujba GKNB KR Pyat oleney na minivene xoteli vыvezti iz Kыrgыzstana v Uzbekistan
Pyat oleney na minivene xoteli vыvezti iz Kыrgыzstana v Uzbekistan
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.04.2021
Pyat oleney na minivene xoteli vыvezti iz Kыrgыzstana v Uzbekistan
Hozirda kiyiklarning narxi aniqlashtirilmoqda.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan soʻng qoʻlga olinganlar va kiyiklar surishtiruv uchun masʼul organlarga topshirilishi aytilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala