Jamiyat

Oʻzbekistonga "Sputnik V" vaktsinasining dastlabki partiyasi olib kelindi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishGruz s rossiyskoy vaktsinoy Sputnik V ot koronavirusnoy infektsii covid-19
Gruz s rossiyskoy vaktsinoy Sputnik V ot koronavirusnoy infektsii covid-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.04.2021
Oʻzbekistonga Rossiyaning "Sputnik V" vaktsinasining birinchi partiyasi olib kelindi.
TOSHKENT, 23 apr - Sputnik. Oʻzbekistonga "Sputnik V" vaktsinasining dastlabki partiyasi olib kelindi deb xabar qilmoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi.

Vaktsinani Oʻzbekistonga olib kelishda Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi amaliy koʻmak berdi. Shuningdek olib kelinayotgan vaktsinaning yarmini tadbirkor Alisher Usmonov moliyalashtirdi, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Rossiyaning "Sputnik V" vaktsinasini Fevral oyida, vaktsinaning uchinchi bosqich sinovlari tugaganidan soʻng amalga oshirgan edi. Shundan soʻng Oʻzbekiston Rossiyada 1 mln doza vaktsina uchun buyurtma joylashtirgan edi.
Ayni damda Oʻzbekistonda shifokorlar, IIV xodimlari, oʻvituvchilar va keksa yoshli kishilarni ommaviy emlash jarayoni olib borilmoqda. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra shu kunga qadar 450 mingdan ortiq fuqaro emlashdan oʻtgan.
Oʻzbekistonda bugungi kunda 1 mln doza AstraZeneca vaktsinasi hamda 1 mln oʻzbek-xitoy vaktsinasi olib kelingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala