Qirg‘izistonda qo‘yning yangi go‘shtbop zoti yetishtirildi. Vazni 180 kg, narxi 50 ming $

© Press-slujba ministerstva selskogo, vodnogo xozaystva i razvitiya regionovNovuyu porodu oves viveli i zaregistrirovali v Kirgizstane
Novuyu porodu oves viveli i zaregistrirovali v Kirgizstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2021
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonda seleksiya yo‘li bilan qo‘yning yangi zoti yaratildi va ro‘yxatga olindi.
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Qirg‘izistonda seleksiya yo‘li bilan qo‘yning yangi zoti yaratildi va ro‘yxatga olindi. Katta qo‘yning vazni 180 kilogrammga yetadi. Bu haqda Qishloq, suv xo‘jaligi va mintaqaviy rivojlanish vaziri Asqarbek Janibekov Sputnik Qirg‘iziston multimedia matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 15-aprel kuni yangi qo‘y zoti "Arashan" nomi bilan ro‘yxatga olindi. 1997-yildan buyon seleksionerlar ish olib borishdi.
© Press-slujba ministerstva selskogo, vodnogo xozaystva i razvitiya regionov KRNovuyu porodu oves viveli i zaregistrirovali v Kirgizstane
Novuyu porodu oves viveli i zaregistrirovali v Kirgizstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2021
Novuyu porodu oves viveli i zaregistrirovali v Kirgizstane
"Mahsuldorlik ko‘rsatkichlari juda yuqori. 6-7 oyda qo‘zilarning vazni 55-60, bir yoshda 75-80, katta qo‘chqorlar 175-180 kilogrammga yetadi. Bu fermerlarimiz uchun qo‘ychilikdan daromadni oshirish uchun yaxshi imkoniyat", - dedi vazir.
Vazir zotga ichki va tashqi bozorda talab katta ekanligini ta’kidladi. Hozir jami 5 850 bosh "toza zot" mavjud, ularning soni kamligi sababli narx yuqori.
"To‘rt besh oylik qo‘zichoqning narxi ming dollarni tashkil etadi. Narxi 50 ming dollarga etadigan qo‘chqorlar ham bor. O‘rtacha nasldor qo‘chqor - 10 mingdan va undan ortiq. Qozog‘iston va Rossiyadan buyurtmalar ko‘p. Allaqachon bu zotli qo‘ylar sotilmoqda", dedi Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbari.
Yangiliklar lentasi
0