Rossiyada 1-10 may uzluksiz dam olish kunlari deb e’lon qilindi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishOtdix gorojan v parkax Moskvi
Otdix gorojan v parkax Moskvi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2021
Obuna bo‘lish
Epidemiologik vaziyatning yomonlashuvini oldini olish maqsadida Rossiyada 1-10 may uzluksiz dam olish kunlari deb e’lon qilindi.
TOShKENT, 23 apr - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin may oyining boshida 10 kun dam olish kuni e’lon qildi. Rossiya prezidenti Rospotrebnadzor raisi Anna Popova bilan uchrashuvdan so‘ng ushbu qarorga kelgan.
"Agar sizningcha bu kerak bo‘lsa - mayli shunday bo‘la qolsin. Bugun taaluqli farmonni imzolaymiz", - dedi Putin.
Popova xulosasiga ko‘ra, fuqarolar shaharlar orasida yoki shahar va dala hovli orasida ortiqcha harakatlanganda koronavirus tarqalishi holatlari ko‘payishi va epidemiologik vaziyat yomonlashishi mumkin.
Ish kalendariga ko‘ra Rossiyada 2021-yilda 1-3 may va 8-10 may kunlari rasmiy dam olish kunlari deb belgilangan edi. Prezident farmoni imzolanganidan so‘ng 1 - 10-may kunlari uzluksiz dam olish kunlari bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0