Kolumnistlar

Tarixning uqilmagan darslari - Dmitriy Medvedev

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaDmitriy Medvedev na zasedaniye Soveta glav pravitelstv stran-uchastnits Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva
Dmitriy Medvedev na zasedaniye Soveta glav pravitelstv stran-uchastnits Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.04.2021
“Katta kuch bilan toʻqnashuvdan qochish, bu qoʻrqoqlik emas - donolikdan darak beradi, chunki oʻzini oʻzi qurbon qilish hech qachon va hech qayerda afzal boʻlmagan” (Sun Tszы. Urush sanʼati).
Soʻnggi yillarda Rossiya va AQSH munosabatlari qarama qarshilikdan – sovuq urush davriga qaytdi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Sanktsiyalar bosimi, poʻpisa va qarama-qarshilik, faqat oʻz manfaatini oʻylash – bularning barchasi dunyoda doimiy beqarorlik paydo boʻlishiga olib keldi.
Ikki davlat munosabatlari uzoq vaqt davomida ana shunday holatda boʻlsa, buni krizis deyishadi. Bunday inqiroz munosabatlarda yanada keskin qarama-qarshiliklar davriga – “inqirozlar inqiroziga” olib keladi. Bunday vaziyatda har qanday nojoʻya qadam, sabr yetishmasligi, aytilgan har bir soʻzning strategik vaznini baholay bilmaslik – nafaqat ikki mamlakatni toʻgʻridan toʻgʻri harbiy toʻqnashuvga olib kelishi, balkim butun dunyoni oʻta ogʻir muammolar girdobiga tashlashi mumkin.
Gosudarstvennыy flag SSHA u amerikanskogo posolstva v Moskve. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.04.2021
Rossiya
Rossiya 10 nafar AQSH elchixonasi xodimlarini chiqarib yuboradi
Ana shunday krizis bizning tariximizda allaqachon sodir boʻlgan edi. Voqea joyi - Karib dengizi, voqealar mazmuni – juda oʻxshash.
Oʻsha davrlardagi AQSH tashqi siyosati bizni davlatni ham unga munosib javob qaytarishga majbur qilgan edi. 1950 yillar oxiri 1960 yillar boshida Amerika oʻz raketalarini Turkiya, Janubiy Vyetnam va Livanda joylashtirib SSSRga tahdid solgan edi.
Bugun esa – bu Rossiyaga qarshi tashkil qilingan kampaniya, sanktsiyalar, qoʻshni davlatlar bilan Rossiyaga qarshi olib borilayotgan siyosat, NATOning Rossiya chegaralariga yaqin kelishi, “Shimoliy oqim – 2” qurilishiga qarshilik qilish, Shimoliy dengiz yoʻli ochilishidan xavotirga tushish, Ukraina masalasi va boshqalardan iboratdir. Ana shunday siyosat natijalari har kuni namoyish etilmoqda.
Raqibga koʻrsatilayotgan tahlika darajasi boʻyicha bugungi Rossiya, oldin SSSR kabi, AQShdan ancha ortda qolmoqda.
1960 yillar boshida SSSR tomonidan AQShga javob sifatida strategik raketalar Kubada joylashtirilganida AQSH harbiy kemalarini olib kelib Kubani dengiz blokadasiga olgan va hatto bostirib kirishga tayyor boʻlgan edi. Oʻshanda bu holat - Karib krizisi deb nom olgan edi.
Amerikanskiye flagi na fone Kapitoliya v Vashingtone, SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2021
Kolumnistlar
AQSH Rossiya davlat qarziga nisbatan “ekstremal” sanktsiyalar kiritmoqchi
Uning ikkita eʼtiborga molik xususiyati bor.
Birinchidan, AQSH qirgʻoqlari yaqinida SSSR strategik qurollari paydo boʻlishi, bu nafaqat bizning davlatlar imkoniyatlarini namoyish qilish, balki raqib tomonidan SSSRning qisqa muddat ichida dunyoning istalgan nuqtasida strategik qurollarini joylashtirish imkoni borligini anglash boʻlgan.

Ikkinchidan esa, “urushga 5 daqiqa qolganda” ikki davlat rahbarlari vaziyatga sogʻlom fikr bilan baho berib, oʻzaro murosali qaror qabul qilgan holda – dunyoni urushdan saqlab qolgani boʻlgan.

Eʼtiborlisi, SSSR va AQSH rahbarlari baʼzida toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilib, boshqa vaziyatlarda mutasaddi vakillar orqali gaplashib – teng huquqli muloqot oʻrnatishgan. Bir-birlari bilan ultimatum yoki poʻpisalar orqali gaplashishmagan.
Karib krizisi hal boʻlganidan soʻng butun 20-asr davomida ikki buyuk davlat urush yoqasiga ana shunday yaqin kelishmagan edi. Chunki ularning ikkalasi ham oʻsha Inqirozdan yetarlicha xulosa chiqarib olishgandi: xalqaro muammolarni hal qilishda hamkorlik qarama-qarshilikdan koʻra afzalroq.
Lekin bugun vaziyat biroz boshqacha: AQSH beqaror siyosat tomonga ogʻib ketgan. Bu Eron yadroviy dasturidan voz kechishda, Ochiq osmon shartnomasidan chiqishda va boshqa vaziyatlarda yaqqol koʻrindi. Hozir esa - yangi prezident tanlagan ohangda yaqqol bilinmoqda.
Yangi strategik vaziyat - Vashingtonning tashqi siyosatdagi beqarorligi – asosan ichki sabablar tufayli vujudga kelgan. Lekin Gʻarb yetakchisi sifatida AQShning obroʻyi tushishi ham bunga oʻz hissasini qoʻshmoqda, desak xato boʻlmaydi.
AQSH maʼmuriyatining yangi taktikasi: bir tomondan suhbat qilish kerakligi haqida gapirib, ikkinchi tomondan bosimni kuchaytirishdan iborat. Bunda demokratlarning saylov oldi vaʼdalarini bajarishni, yangi jamoada qarorlar qabul qilishda yagona siyosiy yoʻnalish yoʻqligini va amerikacha “missionerlikni” koʻrish mumkin.
Yaʼni “biz har doim haqmiz, siz bizga quloq tutishingiz kerak. Hamkorlar va raqiblar ushbu yoʻnalishni namuna sifatida qabul qilib ushbu “dars” uchun bizdan minnatdor boʻlishi kerak”, kabilida ish tutishdan iborat boʻlmoqda.
Peregovorы s uchastiyem gossekretarya SSHA Entoni Blinkena i sovetnika prezidenta po natsbezopasnosti Djeyka Sallivana, a takje glavы kantselyarii komissii TSK KPK po inostrannыm delam Yan Tszechi i ministra inostrannыx del Kitaya Vana I v Ankoridje, SSHA - RIA Novosti, 1920, 29.03.2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Kolumnistlar
AQSH yana hammaga hayotdan saboq bermoqchi. Rossiya va Xitoy alohida taklif etilyapti
Ikki prezident telefon suhbati davomida biz muloqotga taklif qilingan boʻlsak, undan soʻng darhol keskin talablar va Rossiyaga qarshi sanktsiyalar kiritildi, diplomatlar joʻnatib yuborildi, Rossiya tahdidi toʻgʻrisidagi farmon imzolandi.
Bunga Ukraina Sharqida tobora keskinlashib borayotgan mojaroni va AQSH rahbariyatining bizni hududga qoʻshin yuborishi haqidagi militaristik bayonotlari - vaziyatni yanada keskinlashtirmoqda.
AQSH SSSRni teng raqib deb tan olgan va uning fikrini, albatta, inobatga olgan. Ikki davlat harbiy-siyosiy pariteti, NATO va Varshava shartnomasi harbiy uyushmalari hamda xalqaro tashkilotlar tizimi buning uchun xizmat qilgan.
Lekin SSSR tarqalib ketgach, qandaydir vaqt davomida paritet yoʻqoldi. AQSH 15 yillar davomida ulkan kuch va xalqaro miqyosda misli koʻrilmagan huquqlarga ega boʻldi. Tarixda hech qachon hech qanday davlat bunday keng imtiyozlarga ega boʻlmagan edi. Balki shu sababli ular baravar suhbat qilish nimaligini unutib qoʻyishgandir?
AQSH yangi maʼmuriyati, oʻzining “dunyo hukmdori” va kollektiv Gʻarb himoyachisi rolini tiklashga harakat qilmoqda, bir vaqtning oʻzida oʻzlarini ham bunga ishontirishga uringan holda. Lekin dunyoda boshqa davlatlar ham ularga teng infratuzilmaviy imkoniyatlar, harbiy-siyosiy qudratga ega boʻlishi mumkinligini tan olish uchun ularda jurʼat yetishmaydi. Masalan Rossiya yoki Xitoy.
Bugungi kunning asosiy savoli shundan iborat-ki, AQSH yangi maʼmuriyati oʻtgan asrning 60-yillarida AQSH va SSSR rahbariyati Karib inqirozi vaqtida oʻzlashtirib olgan murosa darsini uqib olarmikan?
Vaziyat choʻgʻdek qizigan vaqtda muammolarni hal qilishga nima yordam beradi?
Birinchidan, “hal qiluvchi” qaror qabul qilish nimalarga olib kelishini tushunib yetish. Agar gʻalaba keltiradigan zarar kelajakda gʻolibning oʻzini yoʻq qilib yuborishi mumkin boʻlsa, u holda bu gʻalaba emas.
Ikkinchidan, toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni yoʻlga qoʻyish. Bu nafaqat ikki prezident orasida telefon aloqasini oʻrnatishni, balki raqibni soʻzlarini tinglashni, uning mantigʻi va dalillariga quloq solishni anglatadi.
Uchinchidan, bu eng muhimi, nafaqat murosaga kelish kerakligini tushunish, balki oʻzi ham ana shunday murosalarga rozi boʻlishi kerak. Dialoglarni yoʻqqa chiqaruvchi ultimatum va qoʻrslikdan voz kechish lozim.
Aynan shuning uchun ham, “Rossiya javob beradi” kabilidagi soʻzlar toʻgʻri boshi berk koʻchaga olib boradi. Bu tunnelning chiqish joyi yoʻq. Bu soʻzlarni qayta-qayta takrolash - hech kimga yorugʻlik olib kelmaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala