Farzandlar va nabiralar yodda tutishi uchun: G‘alaba bog‘ida yangi bog‘ yaratildi

Obuna bo‘lish
Toshkentda Ulug‘ Vatan urushida erishilgan G‘alabaning 76-yilligi sharafiga “Xotira bog‘i” xalqaro aksiyasi bo‘lib o‘tdi
Bog‘da 76ta daraxtni ekish uchun – faollar, volonterlar, faxriylar – jami 200 kishi to‘planishdi.
Ushbu aksiyada Rossotrudnichestvo vakolatxonasi rahbariyati, mitropolit Vikentiy va RF elchixonasi vakillari ishtirok etdilar.
Mahalliy faollarning qayd etishlaricha, bu singari bog‘larning asosiy vazifasi – kelajak avlodga o‘z qahramon-ajdodlari haqidagi xotirani yetkazishdir va bu burch cheksiz faxr ato etadi.

"Mening ikkala katta buvalarim urush maydonlarida jang qilishgan, shu bois bu aksiyada ishtirok etishni o‘z muqaddas burchim deb bilaman. O‘sha dahshatli urush yakun topganining 76-yilligi munosabati bilan 76ta daraxt ekilganida ham ramziy ma’no bor”, —

Sergey Yejov

“G‘alabaning 75-yilligi” xalqaro jamoasining O‘zbekistondagi koordinatori

Xotira aksiyasi qanday o‘tganini Sputnik O‘zbekiston sujetida tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0