Dunyoda

Lukashenko bordiyu “prezidentni otishsa” hukumat kimga oʻtishini aytdi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishMiting v podderjku deystvuyuщego prezidenta Belorussii A. Lukashenko v Minske
Miting v podderjku deystvuyuщego prezidenta Belorussii A. Lukashenko v Minske - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.04.2021
Agar prezident oʻz majburiyatlarini bajara olmay qolgan taqdirda mamlakat boshqaruvi Xavfsizlik kengashi zimmasiga yuklatiladi.
TOSHKENT, 24 apr – Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko agar davlat rahbari “kutilmaganda” oʻz majburiyatlarini bajara olmay qolgan taqdirda, hukumat kimga oʻtishi haqida maʼlum qildi. Uning soʻzlaridan BelTA iqtibos keltirgan.
Ilgariroq belarus yetakchisi muhim qonun loyihasi qabul qilinishini eʼlon qilgan, ammo tafsilotlarni keltirib oʻtirmagan edi.
Kandidat v prezidentы Belarusi Svetlana Tixanovskaya vo vremya predvыbornogo mitinga v parke Drujbы Narodov v Minske - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.10.2020
Analitika
YEI mamlakatlari Belarus muxolifatini qoʻllashdan nima manfaat koʻradi - ekspert fikri
"Aytingchi, agar bordiyu, ertaga prezident yoʻq boʻlsa, siz hammasi normal boʻlishini kafolatlaysizmi? Yoʻq. Shuning uchun mana shunday holatlar uchun har ehtimolga qarshi yaqin kunlarda Belarusda hukumat qanday tuzilishi toʻgʻrisida dekretni imzolayman. Prezidentni otib oʻldirishsa – ertaga Xavfsizlik kengashi vakolatlarga ega boʻladi. Favqulodda holatni shu onning oʻzida eʼlon qilish kerak, kerak boʻlsa harbiy holat eʼlon qilinsin, bordiyu chegarada kimdir gʻimirlaydigan boʻlsa. Va shunday taqdirda Xavfsizlik kengashi qaror qabul qilishi kerak boʻladi”, - dedi belarus yetakchisi.
"Shu bois, men ushbu dekretni imzolashimni va “bordiyu” boʻlgan taqdirda mamlakatni kim boshqarishini aniqlashimni aytgan edim”, - deb qoʻshimcha qildi u.
Shu bilan birga Belarus prezidenti bunday variant sodir boʻlishi ehtimoli kamligini qoʻshimcha qildi.
Prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko vыstupayet na mitinge v yego podderjku - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.03.2021
Dunyoda
“Ishtonimgacha titib koʻrishdi”: Lukashenko oʻzi haqidagi filmning "agʻdar-toʻntarini" chiqardi
Shuningdek, Lukashenko bu dekret haqidagi qaror u tomonidan allaqachon qabul qilinganini aytgan.
Agar prezident oʻz majburiyatlarini bajara olmay qolgan taqdirda mamlakat boshqaruvi Xavfsizlik kengashi zimmasiga yuklatiladi.
"Ha, rais boʻladi: prezident boʻlmasa, majburiyatlarni bosh vazir bajaradi.
U raislik qiladi, ammo barcha qarorlar yashirin ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi, toki bosim boʻlmasin. Qolgan barcha masalalarni Xavfsizlik kengashidagilar hal etadi”, - degan Lukashenko.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala