Migratsiya

Mehnat vazirligi migrantlar RF mehnat bozoriga bogʻlanib qolganini rad etdi

© Agentstvo po voprosam vneshney trudovoy migratsiiOkolo 200 migrantov iz Uzbekistana otpravilis na rabotu v Amurskuyu oblast
Okolo 200 migrantov iz Uzbekistana otpravilis na rabotu v Amurskuyu oblast - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.04.2021
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan dunyoning rivojlangan davlatlari mehnat bozori doimiy oʻrganiladi, deya maʼlum qilgan idora oʻz rasmiy bayonotida
TOSHKENT, 24 apr - Sputnik. Oʻzbekiston Mehnat vazirligi mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan bayonot eʼlon qildi.
Idora sal avval ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilarning oʻzbekistonlik mehnat migrantlari faqat Rossiya Federatsiyasi mehnat bozoriga bogʻlanib qolgani haqidagi fikrlariga javoban quyidagilarni maʼlum qilgan.

"Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan dunyoning rivojlangan davlatlari mehnat bozori doimiy oʻrganilib, mavjud boʻsh ish oʻrinlariga xorijda ishlash istagida boʻlgan yurtdoshlarimizni ishga jalb qilish boʻyicha qator natijalarga erishilmoqda. Xususan, bugungi kunda Rossiya va Qozogʻistondan tashqari Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Polsha, BAA, Bolgariya, Turkiya, Chexiya, Latviya, Quvayt kabi rivojlangan davlatlarning salohiyatli ish beruvchi tashkilotlari bilan Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri 29 ta aniq kelishuvlar imzolangan".

Vazirlik dunyoning rivojlangan davlatlari mehnat bozoriga chiqish uchun fuqarolardan raqobatdosh kasbiy malakaga ega boʻlish va chet tillarini bilish talab etilishini eslatib oʻtgan.
"Buning uchun xorijda ishlash istagida boʻlgan yurtdoshlarimiz uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi respublikamizning barcha hududlaridagi monomarkazlar, 30 ta kasb-hunarga oʻqitish markazi va 136 ta mahallalardagi kasb hunar maskanlarida 5 ta chet tillari va 25 ta yoʻnalish boʻyicha kasblarga tayyorlash markazlari tashkil etilgan boʻlib, ishsiz va band boʻlmagan fuqarolar uchun ushbu markazlardagi oʻquv-kurslari bepul amalga oshirilmoqda", - deyiladi xabarda.
Xususan, Rossiya, Qozogʻiston, Koreya, Litva, Saudiya Arabistoni, BAA va boshqa davlatlarga qurilish, transport xizmatlari, yoʻlovchilar va yuk tashish, kommunal xizmat, savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat, qishloq xoʻjaligi singari sohalarda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun 2019 yilda 4,4 mingta, 2020 yildagi pandemiya sharoitida 10,3 mingta, joriy yilning birinchi choragida esa 9,5 mingta fuqaro tashkillashtirilgan va manzilli tartibda ishga jalb qilingan.
Ishga marhamat monomarkazi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.12.2020
Migratsiya
Uch oyda oʻrgansa boʻladigan "pultopar" hunarlar: "Ishga marhamat" monomarkazidan reportaj
Hozirgi vaqtda tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi asosiy maqsad, raqam ortidan quvish emas, balki dunyo mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash va xorijda ishlash istagida boʻlgan yurtdoshlarimizni xavfsiz, tartibli va qonuniy ish bilan taʼminlashdir, deya xotima qilgan Mehnat vazirligi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala