O‘zbekiston Qahramoni Hasan Normurodov vafot etdi

Xasan Normurodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2021
Obuna bo‘lish
Sal avval davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev shifoxonaga borib uning ahvolidan xabar olgan edi.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. O‘zbekiston Qahramoni, Oliy Majlis Senati a’zosi, ibratli ustoz, fidoyi inson Hasan Normurodov 82 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati hokimligi. Sal avval davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev shifoxonaga borib uning ahvolidan xabar olgan edi.
Abduraim Abduvaxobov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2020
O‘zbek kino san’atida og‘ir judolik: "Shum bola" olamdan o‘tdi
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi ma’rifatparvar oilada tug‘ilib o‘sgan Hasan Normurodov ota-onadan olgan yaxshi tarbiya va ilmga bo‘lgan ishtiyoqi tufayli o‘rta maktab va pedagogika texnikumida a’lo baholarga o‘qidi. Tashkilotchiligi va odobi bilan ko‘zga tashlandi. Maktabda ozroq ishlagach, harbiy xizmatni o‘tab, Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetida tahsil oldi.
Shundan keyin fidoyi, intiluvchan muallimning hayoti ta’lim-tarbiya bilan bog‘landi. Dastlab qishloq maktabida til va adabiyot fani o‘qituvchisi, keyinchalik yoshlar yetakchisi bo‘lib ishladi. Bir muddat tuman yoshlar qo‘mitasini boshqardi.
H.Normurodovdagi g‘ayrat va tajribaga ishonch bildirib, uni partiya ishiga o‘tkazishdi. Bu sohada ham Hasan Norbekovich tezda nazarga tushdi. Viloyat partiya qo‘mitasida bo‘lim mudiri bo‘ldi. Jomboy tumanida ikkinchi, viloyat partiya qo‘mitasida uchinchi kotib va Narpay tumanida birinchi rahbar sifatida faoliyat ko‘rsatdi.
Geroy Uzbekistana Gayratdin Xojaniyazov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2020
O‘zbekiston Qahramoni G‘ayratdin Xo‘janiyozov vafot etdi
H.Normurodov shundan so‘ng viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga, fan va ta’lim xodimlari kasaba uyushmalari kengashiga rahbarlik qildi. Qariyb o‘n yil davomida "Nuroniy" jamg‘armasi viloyat bo‘limini boshqardi. Samarali faoliyati evaziga "Mehnat shuhrati", "El-yurt hurmati" ordenlariga sazovor bo‘ldi. Va nihoyat 2019-yilda Hasan Norbekovichga mamlakatdagi islohotlardagi samarali xizmati uchun O‘zbekiston Qahramoni unvoni berildi.
Hasan Norbekovich butun umri davomida mehnatsevarligi, halolligi, el ishiga kamarbastaligi tufayli jamoatchilikka ibrat bo‘lib yashadi. Yuzlab shogirdlar tayyorladi. Davlat rahbarining nazariga tushdi. Xalq o‘rtasida obro‘ topdi. Safdoshlarini, yoshlarni doimo mamlakatdagi buyuk o‘zgarishlar jarayonida faol ishtirok etishga chorladi, bu borada o‘zi namuna bo‘ldi. Xalqning chinakam oqsoqoliga aylandi.
H.Normurodov Samarqand jamoatchiligining faxri edi. Shu sababli ham bu fidoyi insonning tabarruk nomi uni bilgan, u bilan ishlagan barcha yurtdoshlarimiz qalbida uzoq vaqt saqlanib qolajak.
Erkinjon Turdimov
Yangiliklar lentasi
0