Jamiyat

Respublikadagi reklama bannerlarining yarmidan koʻpi talabga javob bermaydi - MQKQ

© Press-slujba xokimiyata TashkentaObʼyavlen moratoriy na razmeщeniye, ustanovku, izmeneniye i vыdachu pasportov obʼyektov narujnoy reklamы
Obʼyavlen moratoriy na razmeщeniye, ustanovku, izmeneniye i vыdachu pasportov obʼyektov narujnoy reklamы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.04.2021
Respublika hududlarida joylashtirilgan jami 12 318 ta tashqi reklama obʼyektlarining (konstruktsiyalari)ning 7 108 tasi (57,7%) qaror talablariga muvofiq emasligi aniqlangan
TOSHKENT, 24 apr - Sputnik. Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida yuzlab tashqi reklama konstruktsiyarlari hech qanday huquqiy asoslar koʻrsatilmasdan buzib tashlanayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Tadbirkorlar hozirga qadar 300 dan ortiq bannerlarni olib tashlagan hukumatning harakatini noqonuniy deb atab, bu borada tushuntirish talab qilmoqda. Biznes-ombudsman Toshkent shahrida tashqi reklama konstruktsiyalari buzib yuborilishi qonuniyligini oʻrganmoqda.
QR-kod - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2021
Jamiyat
AOKA va IIV narkotiklar reklamasi haqida xabar qiluvchi botni ishga tushirdi
Ijtimoiy tarmoqlar orqali tashqi reklama qurilmalarining Toshkent shahrida buzilish holatlari haqidagi videolar koʻpayib borayotgani tufayli Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi quyidagilarni maʼlum qilgan:
* Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining "Tashqi reklama bozorini tartibga solish toʻgʻrisida"gi qarori bilan tashqi reklama obʼyektlarini (konstruktsiyalarini) qurish, oʻrnatish, ularga yer ajratish, toʻlovlar miqdorini aniqlash, texnik jihatdan tartibga solish va boshqa masalalar yuzasidan yagona amal qiluvchi mexanizmlar joriy qilingan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining barcha tumanlarida tegishli tuman hokimliklarining qarorlariga asosan ishchi guruhlar tashkil etilib, barcha turdagi tashqi reklama obʼyektlari (konstruktsiyalar) xatlovdan oʻtkazilgan. Natijalari boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, respublika hududlarida joylashtirilgan jami 12 318 ta tashqi reklama obʼyektlarining (konstruktsiyalari)ning 7 108 tasi (57,7%) qaror talablariga muvofiq emasligi aniqlangan. Shundan, Toshkent shahrida joylashgan 6 630 ta konstruktsiyaning 3 207 tasi yoki 50 foizga yaqinida kamchilik aniqlangan.
V Uzbekistane naydenы otvetstvennыe za bannerы so skrыtoy reklamoy narkotikov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2020
Jamiyat
Reklama oʻzbek tilida boʻlishi kerak - bosh vazir
Qaror talablariga nomuvofiq deb topilgan 7 108 ta tashqi reklama obʼyektlarining (konstruktsiyalarining) 2 094 tasi yoʻl qatnov qismida joylashganligi, 201 tasida oraliq masofaga rioya qilmaganligi, 1 353 tasining egasi aniqlanmagan hamda 3 460 tasida boshqa kamchiliklar (avtomobil yoʻllarining ajratuvchi boʻlagida, xususan, yoʻlning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki toʻxtashi uchun moʻljallanmagan, yoʻl sathidan baland va (yoki) yotiq chizigʻi bilan belgilangan qismida hamda trotuar va piyodalar yoʻlkalarida, xavfsizlik orolchalarida joylashgan va boshqalar) aniqlangan.
Shundan, Toshkent shahrida joylashgan va qaror talablariga nomuvofiq deb topilgan 3 207 ta tashqi reklama obʼyektlarining (konstruktsiyalarining) 1 459 tasi yoʻl qatnov qismida joylashganligi, 124 tasida oraliq masofaga rioya qilmaganligi, 1 104 tasining egasi aniqlanmagan hamda 520 tasida boshqa kamchiliklar (avtomobil yoʻllarining ajratuvchi boʻlagida, xususan, yoʻlning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki toʻxtashi uchun moʻljallanmagan, yoʻl sathidan baland va (yoki) yotiq chizigʻi bilan belgilangan qismida hamda trotuar va piyodalar yoʻlkalarida, xavfsizlik orolchalarida joylashgan va boshqalar) aniqlangan.
Airbus postavil pervыy A320neo dlya Uzbekiston xavo yullari - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2019
Iqtisod
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi: "Oʻzbekiston havo yoʻllari" — monopoliya subʼyekti
Qarorga muvofiq 2020 yil 31 dekabrga qadar birinchi darajali markaziy qatnov koʻchalarida hamda 2021 yil 31 dekabrga qadar ikkinchi darajali markaziy qatnov koʻchalarida joylashtirilgan tashqi reklama obʼyektlarini (konstruktsiyalarini) yuqori texnologiyali qurilmalarga bosqichma-bosqich oʻzgartiriladi.
Birinchi darajali markaziy qatnov koʻchalarida faqat video ekranli va ikkinchi darajali markaziy qatnov koʻchalarida aralash turdagi yuqori texnologiyali tashqi reklama obʼyektlari (konstruktsiyalari) oʻrnatilishi nazarda tutilgan.
Tashqi reklama obʼyektlarini yuqori texnologiyali qurilmalarga oʻzgartirish ishlari belgilangan muddatlarda bajarilmagan taqdirda, bunday qurilmalar ularning egalari tomonidan oʻz kuchi bilan olib tashlanadi (demontaj qilinadi) va yer maydoni tartibga keltiriladi, aks holda qurilmalar sud tartibida tegishli hokimlik tomonidan demontaj qilinadi va barcha xarajatlar reklama obʼyektlari (konstruktsiyalari) egalaridan undiriladi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bugungi kunda Toshkent shahrida oʻrnatilgan tashqi reklama obʼyektlarini (konstruktsiyalarini) tartibga keltirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarda qatnashayotgan barcha ishtirokchilarni qatʼiy ravishda Oʻzbekiston "Reklama toʻgʻrisida"gi qonuni va Vazirlar Mahkamasining "Tashqi reklama bozorini tartibga solish toʻgʻrisida" qarori talablari asosida oʻtkazilishi, tashqi reklama obʼyektlari (konstruktsiyalari) mamlakat shaharlari, shu jumladan Toshkent shahrining tashqi meʼmoriy qiyofasi saqlanishiga, shaharsozlik meʼyorlariga va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlanishiga hamda reklama toʻgʻrisidagi qonun talablariga zid kelmasligiga chaqirgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala