Jamiyat

Tadbirkorlar yoʻllarga kameralarni qay tartibi oʻrnatishi mumkinligi belgilandi

© Press-slujba GUVD TashkentaRadar na doroge v Tashkente
Radar na doroge v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.04.2021
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatiladigan joylarning boshlangʻich narxi 735 ming soʻmdan 8 million 575 ming soʻmgacha belgilandi.
TOSHKENT, 24 apr - Sputnik. Tadbirkorlar tomonidan qoidabuzarliklarni aniqlash uchun kameralar oʻrnatish tartibi belgilandi. Bu haqda Hukumatning tegishli qaroriga tayangan holda OʻzA xabar bermoqda.
Hujjatga koʻra, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatilishi mumkin boʻlgan joylarning dislokatsiyasi ishlab chiqiladi hamda “E-IJRO AUKSION” platformasi orqali onlayn auktsionga qoʻyiladi.
Kompleks avtofiksatsii narusheniy PDD  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.12.2020
Jamiyat
Tadbirkorlarga yoʻllarda radar va kamera oʻrnatishga ruxsat beriladi
Tizim oʻrnatilishi mumkin boʻlgan joy dislokatsiyasi, mazkur hududdagi transport oqimi va oxirgi 2 yilda aniqlangan qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ochiq eʼlon qilinadi.
Oʻrnatiladigan joylarning boshlangʻich narxi 735.000 soʻmdan 8.575.000 soʻmgacha belgilandi.
Tizim oʻrnatilgach 10 kun davomida sinov tariqasida ishlatiladi va bu davrda qayd etilgan qoidabuzarliklar boʻyicha jarima undirilmaydi.
Tadbirkorlik subʼyektlariga tizim ishga tushirilgan kundan boshlab 1 yil davomida qayd etilgan qoidabuzarliklardan undirilgan jarima summasining 50 foizi, ishga tushirilganidan 1 yil oʻtgach esa 25 foizi oʻtkazib beriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala