Siyosat

Tanzila Norboyeva: korruptsiyaga qoʻl urgan mansabdorlar soni koʻpayib bormoqda

© Press-slujba Senata Oliy MajlisaPredsedatel Senata Oliy Majlisa Uzbekistana Tanzila Narbayeva
Predsedatel Senata Oliy Majlisa Uzbekistana Tanzila Narbayeva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.04.2021
Norboyevaga koʻra, prokuratura mazkur yoʻnalishdagi ishlarda taʼsirchan va qatʼiy choralar qoʻllashi, Korruptsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga aniq takliflar kiritishi zarur
TOSHKENT, 24 apr - Sputnik. Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida Senat raisi Tanzila Norboyeva parlament uchun birinchi galdagi muhim malasi – bu byudjet masalasi ekanini, bu sohada talon-torojliklarga chek qoʻyish kerakligini taʼkidladi.
"Oʻtgan yilda 2,5 mingdan ziyod byudjet muassasasida 301 milliard soʻmdan ortiq byudjet mablagʻlari talon-taroj qilingan, - dedi Senat raisi. - Narxlarni sunʼiy oshirish orqali davlat xaridlarini amalga oshirish holatlari aniqlanganligi tashvishli hol. Korruptsiyaga qoʻl urgan mansabdor shaxslar soni koʻpayib borayotgani (2019 yilda 1 ming 339 nafar, 2020 yilda 1 ming 723 nafar) mazkur illatga qarshi kurashishni yanada kuchaytirishni taqozo etadi", - degan Norboyeva.
Senat raisi Oʻzbekiston prezidenti rahbarligida xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish masalalari boʻyicha boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida ham bu boradagi jiddiy kamchiliklar koʻrsatib oʻtilganini eslatdi. Ayniqsa, qurilish, tibbiyot, maktabgacha taʼlim sohalarida korruptsiya holatlari koʻpaygani taʼkidlandi.
Denejnыe kupyurы i monetы raznыx stran - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Jamiyat
Sizningcha, korruptsiyani ildizi bilan quritish uchun nima qilish kerak?
Tahlillarga koʻra, qurilish sohasidagi 44 qonun hujjati ekspertizadan oʻtkazilganda, ularning yarmida (23 tasida) 124 ta; sogʻliqni saqlash sohasidagi 70 qonun hujjatining 19 foizida (13 tasida) 41 ta; Taʼlim sohasidagi 96 qonun hujjatining 18 foizida (17 tasida) 81 korruptsiyaviy omillar aniqlangan.
Norboyeva shulardan kelib chiqib, prokuratura mazkur yoʻnalishdagi ishlarda taʼsirchan va qatʼiy choralar qoʻllashi, Korruptsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga aniq takliflar kiritishi zarurligini taʼkidladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala