Dunyoda

AQSH va NATO Afgʻonistondan qoʻshinlarni olib chiqishni boshladi

© AFP 2018 / LUKE SHARRETTAmerikanskiye soldatы
Amerikanskiye soldatы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.04.2021
AQSH yaqin ikki hafta ichida afgʻon tomoniga Qandahor viloyatidagi uch baza va harbiy aeroportni berishni rejalashtirmoqda.
TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. AQSH va NATO Afgʻonistondagi bazalardan harbiylarni olib chiqishni boshladi. Bu haqda Afgʻonistondagi AQSH va NATO qoʻshinlari qoʻmondoni Skott Miller maʼlum qildi.
“Bazalarimizning bir qismi evakuatsiya jarayonini boshladi”, - dedi Miller. Uning soʻzlaridan “Hama Press” nashri iqtibos keltirgan.
U amerika kuchlari oʻzining barcha harbiy bazalarini afgʻon armiyasiga berishini qoʻshimcha qilgan. Shu bilan birga amerika generali toliblar (“Tolibon”* tarafdorlari) AQSH harbiylariga yoki boshqa har qanday tuzilmaga hujum qilsa, javob qatʼiy boʻlishidan ogohlantirgan.
Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
Dunyoda
“Tolibon”* 1 mayga qadar Afgʻonistondan xorijiy qoʻshinlarni olib chiqilishini talab qildi
Nashrning yozishicha, AQSH yaqin ikki hafta ichida afgʻon tomoniga Qandahor viloyatidagi uch baza va harbiy aeroportni berish niyatida.
AQSH harbiylari Afgʻonistondan qachon butunlay chiqib ketadi
14 aprel kuni AQSH prezidenti Jo Bayden amerika qoʻshinlarini Afgʻonistondan may oyida olib chiqishni boshlashni va uni 2021 yil 11 sentyabriga kelib yakunlashni rejalashtirayotganini eʼlon qildi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala