Video

Bagʻdod kovid kasalxonasidagi portlash: qurbonlar 80 nafardan oshdi

Yongʻin bir zumda ikki qavatli majmuani qamrab olgan va u deyarli batamom kuyib kul boʻlgan.
Iroq poytaxti Bagʻdod janubiy-sharqida joylashgan Ibn al Xatib kasalxonasi 25 aprel kuni yonib ketdi. “Reuters” manbasi maʼlumotlariga koʻra, yongʻindan oldin ikkinchi qavatdagi kislorod balonlari omborida portlash sodir boʻlgan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, portlash oqibatida qurbon boʻlganlar soni 88 nafarga yetgan. Yongʻindan 200 kishini qutqarishga muvaffaq boʻlingan.
Kasalxonaning boshqaruvi, texnik xizmat koʻrsatishi va xavfsizligiga masʼul boʻlganlar hibsga olingan. Bundan tashqari, Iroq SSV rahbari va Bagʻdod hokimi isteʼfoga chiqarilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala