Bag‘dod kovid kasalxonasidagi portlash: qurbonlar 80 nafardan oshdi

Obuna bo‘lish
Yong‘in bir zumda ikki qavatli majmuani qamrab olgan va u deyarli batamom kuyib kul bo‘lgan.
Iroq poytaxti Bag‘dod janubiy-sharqida joylashgan Ibn al Xatib kasalxonasi 25-aprel kuni yonib ketdi. “Reuters” manbasi ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘indan oldin ikkinchi qavatdagi kislorod balonlari omborida portlash sodir bo‘lgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 88 nafarga yetgan. Yong‘indan 200 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan.
Kasalxonaning boshqaruvi, texnik xizmat ko‘rsatishi va xavfsizligiga mas’ul bo‘lganlar hibsga olingan. Bundan tashqari, Iroq SSV rahbari va Bag‘dod hokimi iste’foga chiqarilgan.
Yangiliklar lentasi
0