Jamiyat

Oʻzbekiston va Tojikiston yangi temir yoʻl qurilishini muhokama qildi

© Sputnik / Igor Ageyenko / Fotobankka oʻtishStroitelstvo BAMa-2 v Amurskoy oblasti
Stroitelstvo BAMa-2 v Amurskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.04.2021
Ikki mamlakat Transport vazirliklari vakillari transport sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini koʻrib chiqdi.
TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. Dushanbe shahrida Tojikiston va Oʻzbekiston Transport vazirliklari vakillarining muzokaralari boʻlib oʻtdi.
Sputnik Tojikiston xabariga koʻra, unda Panjakent (Tojikiston) va Bulungʻur/Jomboy (Oʻzbekiston) uchastkasida yangi temir yoʻlini qurish masalasi ham muhokama qilingan.
Muzokaralarda Bekobod-Istiqlol temir yoʻlini elektrifikatsiya qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Shuningdek, bu uchastkada tranzit yuk tashish hajmini koʻpaytirish imoniyati koʻrib chiqilgan.
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov i premyer-ministr Tadjikistana Koxir Rasulzoda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.04.2021
Siyosat
Abdulla Aripov Xoʻjandda Rasulzoda bilan uchrashuv oʻtkazadi
Yigʻilishda tomonlar Oʻzbekiston-Tojikiston-Xitoy transport yoʻlagini rivojlantirish va Hashtyak-Bekobod nazorat oʻtkazish punktini qayta tiklash mavzulariga ham toʻxtatib oʻtgan.
Eslatib oʻtamiz, 21 aprel kuni Dushanbe shahriga Oʻzbekistonning tegishli vazirlik va idoralari vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurgan. Ular tojikistonlik hamkasblari bilan birga prezident Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega tashrifi yakunida imzolanishi kutilayotgan loyihalar ustida ish olib borishadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala