Jamiyat

Oʻzbekistondagi ishsizlar soni ochiqlandi

© SputnikTrudovaya yarmarka vakansiy v Tashkente
Trudovaya yarmarka vakansiy v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.04.2021
Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev Oʻzbekistondagi ishsizlar sonini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. Hozirda Oʻzbekistonda 1 million 600 ming fuqaro ishga muhtoj. Bu haqda Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev maʼlum qildi.
“Hozirda yurtimizda 1 million 600 ming aholi bandligini taʼminlash talab etilayotgan boʻlsa, ularning 805 mingdan ortigʻi 16—30 yoshdagi ishsizlardir. Shuningdek, 2021 yilda mehnat bozoriga jami 560 ming bitiruvchi kirib keladi. Natijada joriy yilda yoshlar bandligini taʼminlash uchun ehtiyoj 1 million 365 mingdan ortiqni tashkil qiladi”, - dedi u Senatning 14-yalpi majlisida.
Shavkat Mirziyoyev 12 fevralya prinyal uchastiye v rasshirennom zasedanii kollegii Ministerstva vnutrennix del Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.02.2021
Mirziyoyev xotin-qizlar duch kelayotgan muammolarni sanab oʻtdi
Sayfullayev aynan shuning uchun ham 2021 yildagi davlat dasturida yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor berilganini urgʻuladi.
Eslatib oʻtamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bandligi va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha oʻtkazgan yigʻilishida yoshlar masalasida yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun qator hokimlarni ishdan boʻshatgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala