Sport

Oʻzbekistonlik bokschilar “Gubernator kubogi”da 4 ta oltin medal sohibi boʻldi

© Press-slujba NOK UzbekistanaBokser Baxodir Jalolov
Bokser Baxodir Jalolov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.04.2021
Final janglarida qatnashgan 5 nafar Oʻzbekiston vakilining 4 nafari oltin medalga ega chiqdi.
TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks boʻyicha “Gubernator kubogi” musobaqasi oʻz yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi jami 6 ta, jumladan, 4 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar qildi.
Final janglarida qatnashgan 5 nafar Oʻzbekiston vakilining 4 nafari bahslarni muvaffaqiyatli yakunladi. +91 kg finalida Bahodir Jalolov musobaqa mezbonlaridan biri Ivan Veryasovni nokautga uchratib, turnirga chiroyli yakun yasab berdi.
Boks. Chempionat mira. Mujchinы. Desyatыy den - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.04.2021
Sport
“Oʻzbek yoʻlbarsi”: Bahodir Jalolov 1-raunddayoq raqibini texnik nokautga uchratdi
Shuningdek, Nodirjon Mirzahmedov (-49 kg), Shahobiddin Zoirov (-52 kg) va Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) ham oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Abdumalik Xalakov (-60 kg) kumush va Bobousmon Baturov (-69 kg) esa bronza medaliga sazovor boʻldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala