Dunyoda

Putin va Bayden uchrashuvi iyun oyida boʻlib oʻtishi mumkin

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishVstrecha Vladimira Putina s Djozefom Baydenom v Moskve
Vstrecha Vladimira Putina s Djozefom Baydenom v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.04.2021
Rossiya va AQSH prezidentlarining uchrashuvi iyun oyida boʻlishi ehtimoli bor.
TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiya va AQSH prezidentlari Vladimir Putin va Jo Baydenning uchrashuvi iyun oyida boʻlib oʻtishi mumkin, lekin bu koʻp omillarga bogʻliq. Bu haqda Rossiya yetakchisining yordamchisi Yuriy Ushakov "Rossiya-1" telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Ushakovning maʼlum qilishicha, Amerika tomonidan yetakchilar uchrashuvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi niyatning signallari bor. Ammo, uning soʻzlariga koʻra, hozircha ishchi darajasida sammit muhokama qilinmayapti.
Amerikanskiy lider Djo Bayden i prezident Rossii Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2021
Dunyoda
Bayden Putinga uchrashishni taklif qildi
U shu bilan birga Putin va Baydenning ehtimoliy uchrashuvi sanasi “iyun deb aytishayotgani, hatto aniq sanalar borligiga” aniqlik kiritdi. Biroq Rossiya prezidenti yordamchisi bu sanalarni oshkor qilmadi, gap iyun haqida borayotganini takrorladi, xolos.
Putin va Bayden 13 aprel kuni telefon orqali muloqot qildi. Oq uy maʼlumotlariga koʻra, Bayden “yaqin oylarda uchinchi mamlakatda” Rossiya-Amerika sammitini oʻtkazish gʻoyasini ilgari surgan. Keyinroq Amerika yetakchisi rossiyalik hamkasbiga Yevropada yoz oyida uchrashishni taklif etganiga oydinlik kiritdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala