Roskomnadzor YouTube᾽ni Rossiya OAVlari senzurasida aybladi

© AFP 2023 / MARTIN BUREAUYouTube logotip
YouTube logotip - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiya Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha federal xizmati (Roskomnadzor) YouTube videoxostingini Rossiya OAVlariga nisbatan muntazam senzurada aybladi, deb yozadi RIA Novosti.
Ta’kidlanishicha, bahonasi sifatida kontentning yosh toifasiga to‘g‘ri kelmasligi ko‘rsatiladi. YouTube ma’muriyatining fikriga ko‘ra, Rossiya federal telekanallarida ko‘rsatilgan filmlarni faqat voyaga yetganlar ko‘rishi mumkin.
Devushka za noutbukom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
AQSh Rossiyaga qarshi “mental urush” boshlagan - Mudofaa vazirligi
Roskomnadzor tomoshabinlarga G‘arbda qabul qabul qilingan pozitsiyadan farqlanuvchi roliklar yetkazilganligi uchun YouTube ularni bloklaganini qayd etgan.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil to‘rt oyi davomida YouTube Rossiya OAVlarining uchta akkaunti va beshta materialini bloklagan. Ular orasida NTV, “Rossii 24”, TVS, RT va Sputnik bor.
Avvalroq Roskomnadzor Facebook᾽dan Yuriy Gagarin haqidagi efirdan cheklovni olib tashlashni talab qilgan edi. Aniqlanishicha, ijtimoiy tarmoq ma’muriyati fazoni zabt etish to‘g‘risidagi efirni u boshlanishidan oldin bloklab qo‘ygan.
Yangiliklar lentasi
0