Hodisalar

Senat qoʻmitasi raisi: 2020 yilda qidiruvga berilgan shaxslarning 75 foizi ushlanmagan

© Sputnik / Aleksey FilippovAvtomobil dlya perevozki podozrevayemыx i obvinyayemыx
Avtomobil dlya perevozki podozrevayemыx i obvinyayemыx - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.04.2021
Roʻyxatga olingan jami 62 081 ta jinoyatning 41 087 tasi yoki 66 foizi oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar toifasiga kiradi.
TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. 2020 yilda Oʻzbekiston boʻyicha qidiruvda boʻlgan 9 790 nafar shaxsdan 6 761 nafari yoki 75 foizi ushlanmagan. Bu haqda Senatning Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Narimon Umarov maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash, ularni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarni bartaraf etish boʻyicha kamchiliklarga barham berilmagan. Respublika boʻyicha roʻyxatga olingan jami 62 081 ta jinoyatning 41 087 tasi yoki 66 foizi oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar toifasiga kiradi.
Zaderjaniye podozrevayemogo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2020
Hodisalar
Qidiruvdagi urganchlik ayol BAAda qoʻlga olindi
Umumiy jinoyatchilik 34,7 foizga koʻpaygan, ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar 49 foizga, jumladan, qasddan odam oʻldirish — 13, badanga ogʻir shikast yetkazish — 13, nomusga tegish — 27,7, bosqinchilik 18,5 foizga ortgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala