Toshkent viloyatida “Lacetti” yuk poyezdi bilan to‘qnashdi

© Toshkent MTU25 aprelya v 05.55 v Tashkentskoy oblasti avtomobil stolknulsya s tovarnim poyezdom
25 aprelya v 05.55 v Tashkentskoy oblasti avtomobil stolknulsya s tovarnim poyezdom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2021
Obuna bo‘lish
“Lacetti” haydovchisining yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi oqibatida mazkur holat yuz bergan.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Toshkent viloyatida Lacetti yuk poyezdiga to‘qnashib, ag‘darilib ketdi.
“Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” matbuot xizmati xabariga ko‘ra, YTH 25-aprel kuni soat 05:55 da Dalaguzar—Nazarbek peregoni, 3367-kilometr 7-piketdagi o‘tish joyida sodir bo‘lgan. "Lacetti" 2015-sonli yuk poyezdi bilan to‘qnashgan.
Dtp v Djizakskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2021
Jizzax viloyatida zotdor qo‘ylarni olib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Qayd etilishicha, bu qo‘riqlanmaydigan o‘tish joyi bo‘lib, kesishmada yo‘l harakatini tartibga soluvchi belgilar va svetofor o‘rnatilgan.
“Lacetti” haydovchisining yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi oqibatida mazkur holat yuz bergan. U svetoforning qizil chirog‘i yonib turishiga, to‘xtash signali ishlashiga, hatto to‘xtash belgisiga ham e’tibor bermagan.
To‘qnashuv paytida tan jarohati olgan avtomobil haydovchisi va bir nafar yo‘lovchi zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Yangiliklar lentasi
0