Jamiyat

Yaponiyada oʻzbekistonlik talaba suvda choʻkayotgan oʻsmirni qutqardi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Fotobankka oʻtishNa beregu morya
Na beregu morya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.04.2021
Oʻzbekistonlik talaba dengizda choʻkayotgan yaponiyalik oʻsmirning hayotini qutqarib qoldi. Yaponiya elchisi unga minnatdorchilik bildirdi.
TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. Yaponiyaning Ginovan shahrida 21 yoshli oʻzbekistonlik dengizda gʻarb boʻlayotgan oʻsmirning hayotini qutqarib qoldi. Bu haqda “Nippon NewsNetwork” telekanalida efirga uzatilgan reportajdan maʼlum boʻldi.
Maʼlum boʻlishicha, oʻsmir choʻmilish taqiqlangan joyda doʻstlari suzmoqchi boʻlgan va kuchli toʻlqinlar koʻtarilgan vaqtda gʻarq boʻla boshlagan.
Oʻsha payt shu yaqin atrofda boʻlgan oʻzbekistonlik talaba Eldor Oʻrinboyev buni koʻrib qolgan va uni qutqarishga shoshilgan. U oʻzini suvga tashlab, choʻkayotgan oʻsmirni sohilga olib chiqishga muvaffaq boʻlgan.
Oʻrinboyevga Yaponiyaning Toshkentdagi elchisi Yoshinori Fujiyama minnatdorchilik izhor etgan.
“Men Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchisi sifatida Oʻrinboyevga oʻz hayotini xavf ostiga qoʻyib, Ginovan shahrida dengizda choʻkib ketayotgan yapon oʻsmirini qutqargani uchun chuqur minnatdorchiligimni izhor etaman. Hozirda Oʻrinboyev Yaponiyaning eng janubiy qismida joylashgan Okinava prefekturasida tahsil oladi. Oʻzi ham dengizga birinchi marta tushganiga qaramay, bor kuchi bilan suzib borib, odam qutqargan ushbu oʻzbek oʻsmirining jasurligi va vijdonliligi uchun yana bir bor samimiy minnatdorchiligimni izhor etishga ijozat bering”, — dedi elchi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala