AQSh Markaziy Osiyoda harbiy baza uchun joy izlayapti. Pentagon O‘zbekistonni tanlaydimi?

© Foto : Master Sgt. Alejandro LiceaAmerikanskie voyennie na yugo-vostoke Afganistana
Amerikanskie voyennie na yugo-vostoke Afganistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2021
Obuna bo‘lish
AQSh va NATO qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqish yangi terroristik soxta davlatning shakllanishiga, bu bazada xalqaro diniy terroristik guruhlar faolligining o‘sishiga olib kelishi mumkin.
Shu sababli Pentagon Afg‘onistondan Markaziy Osiyo davlatlariga o‘z qo‘shinlarini joylashtirish variantlarini izlamoqda.
The New York Times gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, Pentagon razvedka xizmatlari va g‘arb ittifoqchilari Afg‘onistondan qo‘shin va zarba aviatsiyasini Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekistonga o‘tkazish variantlarini muhokama qilmoqda. Yaqin o‘tmishning og‘riqli saboqlarini hisobga olganda - Amerika qo‘shinlari Iroqdan chiqib ketganidan (AQSh prezidenti Barak Obamaning 2011-yildagi qarori) 3-yil o‘tib "Islom davlati"* paydo bo‘ldi.
AQSh Afg‘onistonni xalqaro terrorchilar uchun bazaga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik va dronlar, qiruvchi va bombardimonchi samolyotlar bilan afg‘on jangarilariga tezkor aviazarbalar berish imkoniyatlarini saqlab qolish niyatida. Fors ko‘rfazidan samolyot tashuvchii kemalaridan buni amalga oshirish juda noqulay (Eron ustidagi yopiq osmonni hisobga olgan holda bir tomonga taxminan 2000 km), Markaziy Osiyoda "quruqlik"da joylashish esa - oson ish emas.
Rossiysko-tadjikskie ucheniya na poligone Faxrabad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2021
Rus-tojik qo‘shma harbiy mashqlar – Afg‘onistondagi jihodchilarga ogohlantirish
O‘zaro manfaatli shartlar asosida AQSh va NATO qo‘shinlari taxminiy jihatdan joylashtirilishi mumkin, chunki Shimoliy Atlantika alyansi Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan munosabatlarni 20-yildan beri rivojlantirmoqda.
Markaziy Osiyo respublikalari 1997-yildan beri Yevroatlantik sheriklik Kengashiga a’zo, ammo har bir davlat - sherikchilikning o‘ziga xos xususiyatiga ega. KXShTga a’zolik Tojikiston va Qozog‘istonning sadiq turish yoki "ishonchlilik" darajasiga ta’sir qilishi mumkin, O‘zbekiston ham Andijon voqealaridagi salbiy tajribaga ega.
22 aprel kuni AQSh davlat kotibi Entoni Blinken O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirlari - Abdulaziz Kamilov va Muxtor Tileuberdi bilan muloqot qildi va Qo‘shma Shtatlar respublikalarning "suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini" qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi. Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari shu kuni go‘yoki soyada qoldi.

Notinch Tojikiston

Ehtimol, Entoni Blinken hali Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan suhbatda AQSh qo‘llab-quvvatlovini bildiradi. Tojikiston Afg‘oniston bilan eng uzoq chegaraga ega.
AQSh HHK va NATOning afg‘on jihodchilariga qarshi jangovar harakatlarini amalga oshirish uchun geografiya minimal parvoz vaqtini beradi, bu esa amerika qo‘shinlarini taxminiy yangi harbiy bazasi nuqtasida xavfsizlik darajasini pasaytiradi - jangarilarning qo‘poruvchi reydlari yoki qo‘lbola dronlar yordamida hujum amalga oshirilishi mumkin.
Tojikiston va NATO anchadan buyon respublika chegaralarini mustahkamlash va transchegaraviy narkotik moddalarni olib o‘tilishiga qarshi kurashishda hamkorlik qilmoqda. Shunga qaramay Markaziy Osiyo mintaqasida Dushanbe NATOning eng kam faol sherigi sifatida ko‘zga ko‘rinadi. Tojikiston milliy armiyani isloh qilishda va harbiy rivojlanishni ko‘proq darajada Rossiya Federatsiyasining ko‘magiga yo‘nalish (oriyentir) oladi.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2021
“Tolibon”* qanday qilib Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini haydab chiqarmoqda
Respublikada yiliga 100ga yaqin harbiy mashq o‘tkaziladigan 201-Rossiya harbiy bazasi joylashganligi sababli AQSh qo‘shinlarini taxminiy joylashuvi uchun Tojikiston "noqulay". Shu o‘rinda yakuniy xulosalar chiqarishga hali erta.
Dushanbe KXShTga zarar yetkazmasdan, Pentagon va NATOning logistika infratuzilmasi obyektlarini joylashtirishi mumkin edi. Xuddi shu tarzda Rossiya Afg‘onistonda harbiy operatsiyalarining faol bosqichida AQShga yordam bergandi. Ko‘p narsa terroristik guruhlarning faoliyati, qulay sharoitlar, maqsadlarning aniqligi va qo‘shni davlatlar manfaatlarini hisobga olgan holda ko‘p tomonlama shartnomalarning sifatiga bog‘liq.

Ko‘p vektorli Qozog‘iston

22 aprel kuni AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Muxtor Tileuberdi bilan suhbatda ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishga umid bildirgani bejiz emas. Qozog‘istonning AQSh va NATO bilan harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorligi - respublikaning KXShTdagi ittifoqchilik majburiyatlari bilan bir qatorda faol rivojlanmoqda.
2014 yildan buyon respublika o‘nlab "tanlangan sheriklar"ni birlashtirgan alyansning o‘zaro moslashuvchanlik dasturida ishtirok etadi. Masalan, Vashington zamonaviy King Air B300ER Scorpion samolyotlarini (qiymati 128,1 million dollar) hamma davlatlarga ham sotmaydi.
Qozog‘istonning "ko‘p vektorligi" hatto pandemiya va tashqi siyosiy turbulentlik sharoitida ham AQSh, Buyuk Britaniya va Kanada qo‘shinlari ishtirokida o‘z poligonlarida (iyul oyida) navbatdagi "Dasht burguti" manevrlarini o‘tkazadi. Qo‘shma mashqlarning maqsadi - Qozog‘iston qo‘shinlarini NATO standartlari va uning qo‘shin tarkibida harakat qilishga o‘rgatish.
Zdanie Pentagona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2021
Pentagon delegatsiyasi Toshkentda: O‘zbekiston amerikalik harbiylarga nima uchun kerak
Qozog‘iston "qaynoq" chegaralarga ega emas, u Afg‘onistondan 500 kilometr uzoqlikda joylashgan. Qozog‘iston hududida joylashgan AQShning taxminiy harbiy bazasi Tojikiston va O‘zbekistonning "himoyasi" ostida bo‘lar edi. Afg‘on mujohidlarigacha masofa avia yoqilg‘i sarfini oshiradi.
MDH birlashgan havo hujumidan mudofaa tizimining elementlari, Rossiya tomonidan ijaraga olingan Boyqo‘ng‘ir kosmodromi va RF Mudofaa vazirligi poligonlari Pentagon va NATO uchun Qozog‘iston hududida sezilarli "noqulaylik" bo‘lib chiqishi mumkin. Vaholanki, Pentagon va alyans qo‘shinlarini joylashtirish loyihasini amalga oshirish uchun Qozog‘iston Tojikistonga qaraganda obyektiv ravishda ko‘proq imkoniyatlarga ega.

Kuchli O‘zbekiston

Pentagonning Markaziy Osiyodagi intilishlari haqidagi The New York Times gazetasi ma’lumotlarini inobatga olgan holda, yaqinda AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Strategik rejalashtirish va siyosat idorasi boshlig‘ining o‘rinbosari, general Duk Pirak boshchiligida Pentagon delegatsiyasi Toshkentga tashrifining maqsadi nima bo‘lgani ayon bo‘lmoqda. Bu darajadagi qo‘mondonlar "shunchaki gaplashish" uchun kelmaydi.
Moskva va Toshkent o‘rtasidagi harbiy va harbiy-texnik sohalardagi faol va o‘zaro manfaatli hamkorligi - mintaqaviy barqarorlik va milliy armiya qudratini saqlashning eng muhim omili hisoblanadi.
AQSh tashabbusni qo‘lga kiritishga intilmoqda. 22-aprel kuni AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan o‘tkazgan suhbatda "AQShning O‘zbekiston suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashini" tasdiqlabgina qolmay, balki "2021 yil oxirida strategik sherikchilik haqida birinchi muloqotni o‘tkazilishiga" umidni ham bildirdi.
Mejdunarodnie rossiysko-indiyskie ucheniya Indra - 2017 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2021
Nima uchun Rossiya va O‘zbekiston harbiy hamkorlikni kuchaytirmoqda
Ehtimol, Afg‘onistonga qo‘shni "blokka qo‘shilmagan" O‘zbekiston Pentagon qo‘shinlarini ko‘chirish va joylashtirish uchun eng maqbul "nomzod" bo‘lishi mumkin. Eslatib o‘taman, 2013-yildan 2017-yilgacha NATOning Markaziy Osiyodagi aloqa bo‘yicha zobit ofisi Toshkentda joylashgan bo‘lib, u faqat moliyaviy sabablarga ko‘ra yopilgan edi.
Avvalroq, 2001-2005 yillarda AQSh harbiy havo kuchlari Afg‘oniston chegarasidan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan Xonobod aviabazasidan foydalangan. U yerda 1500 nafarga yaqin tog‘ diviziyasi harbiy xizmatchilari, F-15 va F-16qiruvchilari va transport samolyotlari joylashgan edi. Andijonda "inqilobiy" voqealarni uyushtirishda amerikaliklarning ishtirokini payqab, O‘zbekiston Senati Pentagon qo‘shinlarini Xonoboddan chiqarib yuborgandi. Ammo Pentagon konseptual (xavfsizlik) va moliyaviy (milliard dollarlik loyiha) foydali taklifni taqdim etsa, noyob logistika tarixi davom ettirish mumkin.
AQSh va NATO qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi bilan terroristik guruhlarning shimolga kengayishi, "Islom amirligi"ning Markaziy Osiyo davlatlariga o‘tish ehtimoli kuchaymoqda. Dushanbe, Nur-Sulton va Toshkent yangi tahdidlar fonida Pentagon va alyans bilan bunday o‘zaro munosabatlarga rozi bo‘lishi mumkin, ammo bu hozir aql bovar qilmaydigan ko‘rinadi. Moskvaning reaksiyasi - yordam yoki qarama-qarshilik - ko‘p jihatdan RF - XXR - AQShning geosiyosiy uchburchagidagi "katta o‘yin" (muvozanat) shartlariga bog‘liq bo‘ladi.
* RFda taqiqlangan terrorchilik tashkilot
Yangiliklar lentasi
0