Video

Chernobil fojiasidan 35 yil oʻtdi

Chernobil hududida radiatsiya miqdori bugunga qadar yuqori va u yerga kirish taʼqiqlangan, fojianing asl sabablari haligacha aniqlanmagan.
Chernobil viloyatining Pripyat shaharchasi AES qurilganidan soʻng ildam rivojlana boshlagan edi. Butun Ittifoqdan bu yerga yosh oilalar koʻchib kelib, tin osoyishta hayot kechirishayotgan edi.
1986 yilning 26 aprel kuni Chernobil AESining 4 blokida kuchli yongʻin kelib chiqadi. Portlash oqibatida 4-energoblok butunlay yoʻq boʻlib ketadi.
Buning oqibatida atmosferaga ulkan miqdorda radioaktiv moddalar sochildi. 200 ming metr kvadrat maydon zararlandi.
Oʻshanda voqea joyiga yubirinchi boʻlib qoʻshni shaharlardan oʻt oʻchiruvchilar va harbiylar yetib kelishdi. Yongʻin 10 kun davom etdi, unga qarshi kurashda 600 mingga yaqin qutqaruvchi ishtirok etdi.
Voqea joyiga birinchi boʻlib yetib kelganlar – CHAES xodimlari, oʻt oʻchiruvchilar va harbiylar maxsus himoya vositalarisiz olovga qarshi kurashishdi. Keyinchalik ularning deyarli barchasi nurlanish kasalidan vafot etishdi.
Chernobil hududi bugungi kunga qadar radiatsiya miqdori yuqori boʻlgan, kirish taqiqlangan zona hisoblanadi, fojianing asl sabablari haligacha aniqlanmagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala