Gazli zavodining qator rahbarlari ishdan bo‘shatildi

© UzneftegazSobranie na zavode "Gazli" Buxarskoy oblasti
Sobranie na zavode Gazli Buxarskoy oblasti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2021
Obuna bo‘lish
Reja bajarilmagani, yo‘l qo‘yilgan talon-taroj va o‘g‘irliklar uchun Buxoroning Gazli zavodi rahbariyati yoppasiga ishdan bo‘shatildi.
TOShKENT, 26 apr – Sputnik. Buxorodagi Gazni qayta ishlash zavodida o‘tgan yilgi ishlab chiqarish rejasi bajarilmagani, o‘g‘irlik va talon-tarojga qo‘yilgani tufayli 18 nafar bo‘lim boshliqlari ishdan bo‘shatildi.
Bu haqida korxonada “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev rahbarligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda xabar qilindi.
Xususan, 2020-yilda rejadagi 5,029 mlrd. kub metr o‘rniga 4,2 mlrd. kub metr gaz ishlab chiqarilgan (85,1%)ni tashkil etdi.
Undan tashqari Gazlida ko‘plab korxona mulkiga befarq bo‘lish, talon-tarojliklar va mablag‘larning noo‘rin va samarasiz ishlatish holatlari aniqlangan. Keraksiz va ortiqcha mahsulotlar sotib olish, mahsulotlarni noto‘g‘ri saqlash oqibatida korxonaga ulkan moddiy zarar yetkazilgan.
Skvajina - prirodniy gaz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2021
“Doyaxotin”: Buxoro viloyatidagi gaz quduqda burg‘ilash ishlari tugatildi
Yig‘ilishda shuningdek, 5-aprel kuni bo‘lib o‘tgan o‘g‘irlik haqida xabar qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, cho‘l hududida joylashgan “Mirkomil-Savatli” gaz konlaridagi diametri 326 mm bo‘lgan gaz quvurining 6-7 kilometr oralig‘ida qo‘l bola xomut qo‘yilib, 10x3 metr kattaligidagi selofandan tayyorlangan hovuz orqali jami 16,5 tonna va qiymati 90,8 mln so‘mlik mahsulot o‘g‘irlangan.
Korxonaning ushbu salbiy holatlarga yo‘l qo‘ygan 18 nafar rahbari ishdan olindi. Ular orasida boshqarmasi direktori v.b., bosh muhandis, buxgalteriya bo‘limi boshlig‘i, kadrlar bo‘limi boshlig‘i, xaridlar bo‘limi boshlig‘i, transport bo‘limi boshlig‘i, ta’mirlash ishlari xizmati boshlig‘i va yana bir necha sexlar boshliqlari bor.
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan korxonaga yangi rahbar va uning o‘rinbosarlari tayinlandi. Shuningdek korxona oldiga gaz qazib chiqarish bo‘yicha 2020-yil ko‘rsatgichini 107,4 foizga oshirib bajarish vazifasi qo‘yildi.
Yangiliklar lentasi
0