Dunyoda

“Koronavirus boʻroni”: Hindistonda jasadlar kechayu kunduz koʻchada yoqilmoqda

© REUTERS / ADNAN ABIDI"Koronavirusnыy shtorm " v Indii
Koronavirusnыy shtorm  v Indii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2021
TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Hindiston koronavirus boʻronining qoq markaziga aylandi. Mamlakat bosh vaziri Narendra Modi millatga murojaat yoʻllayotib, shunday bayonot berdi.
“Hindistonni “koronavirus boʻron”i larzaga soldi”, — dedi u. Modi kasallanish sonining keskin ortishi munosabati bilan barcha fuqarolarni ehtiyot boʻlishga va emlanishga chaqirdi, deya yozadi “Reuters”.
Agentlik hisob-kitoblariga koʻra, Nyu-Dehlida har toʻrt daqiqada bir kishi koronavirusdan oʻlmoqda. Butun mamlakat boʻyicha har kuni COVID-19 dan 2 mingga yaqin oʻlim qayd etilmoqda, ammo norasmiy statistika boʻlishi ham mumkin.
Qator OAVlar Dehli va boshqa shaharlarda vafot etayotganlar koʻpligidan ularning jasadlarini kechayu kunduz koʻchada yoqishga toʻgʻri kelyotgani haqida yozmoqda.
Mamlakatda epidemiologik vaziyat bunchalik ogʻirlashib ketishiga koronavirusning yangi, “hindcha” turi sabab boʻlgani inkor qilinmayapti.
Hindiston COVID-19 bilan kasallanish boʻyicha dunyo rekordini oʻrnatmoqda: sutkasida 300 mingdan ziyod kishi virus yuqtirib olmoqda.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Hindistonda 17 milliondan ziyod kishi kasallangan, shulardan 195 ming nafari qurbon boʻlgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala