O‘zbekiston 1966-yil dahshatlari takrorlanmasligi uchun nimalar qilmoqda

© Sputnik / Georgiy ZelmaLikvidatsiya posledstviy razrushitelnogo zemletraseniya v Tashkente v 1966 godu. Dobrovolsi rabotayut na razbore zavalov jilix domov
Likvidatsiya posledstviy razrushitelnogo zemletraseniya v Tashkente v 1966 godu. Dobrovolsi rabotayut na razbore zavalov jilix domov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2021
Obuna bo‘lish
Toshkentda 1966-yil 26-aprel kuni ertalab zilzila yuz berdi. Shaharning markaziy qismi deyarli vayron bo‘ldi. Falokat SSSR xalqlarining birlashuvining ramzlaridan biriga aylandi: shahar butun mamlakat kuchi bilan qayta tiklandi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekiston hukumati va olimlari respublikada zilzilalarni bashorat qilish yo‘nalishida ilmiy-amaliy bazasini mustahkamlash yo‘nalishida faol ish olib bormoqda.
1966 yil 26-aprel kuni ertalab - bundan roppa-rosa 55-yil oldin Toshkentda kuchli zilzila yuz berdi.
Bu haqda RIA Novostiga O‘zbekiston Fanlar akademiyasi seysmologiya instituti rahbari Vaxob Rafikov izoh berdi.
"Butun dunyoda zilzilalarni bashorat qilish, albatta, oldindan aytib bo‘lmaydi, shu jumladan qisqa vaqt uchun. Ammo biz bugun bashorat qilishning ilmiy va amaliy bazasini mustahkamlash ustida ish olib bormoqdamiz", - dedi mutaxassis.
Rafikovga ko‘ra, O‘zbekiston faol seysmik mintaqada – Talas-Farg‘ona siljimasi hududida joylashgan, u yerda 4,0-5,5 ballgacha zilzilalar yuz berib turadi.
“Agar mamlakat tarixiy davrda sodir bo‘lgan zilzilalarni ko‘rib chiqilsa, bu odatiy hodisa” - deydi institut direktori.
Bugungi kunda O‘zbekistonda shimoliy-sharqiy va sharqiy qismlarda eng faol bo‘lgan - zilzila epimarkazlarining 30ta ehtimoliy zona aniqlab olindi.
2021 yil oxiriga qadar hukumat topshirig‘iga asosan seysmik xavf xaritalari asosida kuchli zilzilalarni o‘z vaqtida prognoz qilish va oqibatlarini bartaraf etish maxsus dastur ishlab chiqiladi.
Bundan tashqari, aprel oyidan boshlab respublikada mavjud va qurish rejalashtirilgan binolarning seysmik elektron texnik pasportlari tuzilmoqda.
Shuningdek, zilzila to‘g‘risida xabar beruvchi mobil ilovani ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0