“Sputnik V” Turkiyada ham ishlab chiqariladi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishVaksina Sputnik V
Vaksina Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2021
Obuna bo‘lish
Turkiyaning bir necha farmatsevtika kompaniyalari Rossiya vaksinasini ishlab chiqarish uchu texnologiyalar transferini yakunlamoqda.
TOShKENT, 26 apr – Sputnik. Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi (RFPI) va Turkiyaning Viscoran İlaç farmatsevtika kompaniyasi “Sputnika V” vaksinasini Turkiyada ishlab chiqarish haqida kelishib olishdi, deb xabar qilmoqda RFPI matbuot xizmati.
“Viscoran İlaç “Sputnika V”ni lokal ishlab chiqarish uchun tayyorgarlikni yakunladi. Yaqin oylar ichida vaksina bir necha korxonalarda ishlab chiqarila boshlanadi”, - deyilgan xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, Viscoran İlaç boshqa mahalliy farmatsevtika kompaniyalari bilan hamkorlik qilish uchun ham sharoit yaratib beradi.
Xususan, CinnaGen İlaç kompaniyasi bilan texnologik jarayonni transfer qilish jarayoni yakunlanmoqda. Undan tashqari yana ikkita kompaniya bilan muxokaralar olib borilmoqda, deyilgan xabarda.
Ayni damda “Sputnik V” dunyoning 61ta davlatida ro‘yxatdan o‘tgan. Ushbu davlatlar aholisi soni 3 milliard kishidan ortiq. Biroz oldin Vladimir Putin Misr prezidenti Abdel Fattax as-Sisi bilan mamlakatda Rossiya vaksinasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish haqida kelishib olgan edi.
Yangiliklar lentasi
0