Jamiyat

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yangi rahbar tayinlandi

© Agenstvo vneshney migratsiiXayrulla Umarov - Rukovoditel Agentstva vneshney trudovoy migratsii
Xayrulla Umarov  - Rukovoditel Agentstva vneshney trudovoy migratsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2021
Xayrulla Umarov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻi etib tayinlandi.
TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Xayrulla Umarov Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining tegishli buyrugʻi bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻi etib tayinlandi.
Umarov Xayrulla Saydullayevich 1980 yilda Namangan viloyatida tugʻilgan. 2002 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
2002-2019 yillarda “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” Toshkent shahar boʻlimi mutaxassisi, Toshkent shahar Iqtisodiyot bosh boshqarmasida boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi, Toshkent shahar hokimligida boʻlim boshligʻi, Toshkent shahar hokimligi Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash guruhi rahbari, Yakkasaroy tumanida investitsiya, innovatsiya, sanoat, turizmni rivojlantirish va xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish masalalari boʻyicha hokim oʻrinbosari lovozimlarida ishlagan.
Peshexodы idut po Patriarshemu mostu v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.04.2021
Migratsiya
Moskvada qancha migrant bor?
Umarov 2019 yildan shu kunga qadar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻi oʻrinbosari va birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlab kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala