“Taxiatosh IES”da yirik yong‘in ro‘y bergani rad etildi

© SputnikEkskursiya po Taxiatashskoy TES
Ekskursiya po Taxiatashskoy TES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2021
Obuna bo‘lish
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Taxiatosh IES” AJ da yong‘in yuz bergani va buning natijasida Qoraqalpog‘istonning aksariyat hududlarida elektr energiyasi uzilishi yuz bergani haqida turli xabarlar tarqalgan edi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. “Taxiatosh IES” AJda hech qanday yong‘in yuz bermagan. Bu haqda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ rasman ma’lum qildi.
Avvalroq ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Taxiatosh IES” AJ da yong‘in yuz bergani va Qoraqalpog‘istonning aksariyat hududlari svetsiz qolgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lum qilinishicha, 25-aprel kuni soat 20:46 da stansiyadagi ochiq taqsimlovchi qurilmada qisqa tutashuv yuz berganligi sababli 1-sonli bug‘-gaz qurilmasi va 1, 3-sonli turbogeneratorlar avtomatik himoya tizimining ishga tushushi natijasida o‘chib qolgan.
Voqea natijasida energouskunalarga hech qanday talofat yetmagan. Soat 21:23 da stansiyada ochiq taqsimlovchi qurilmaning ish faoliyati tiklangan.
Xabarda energobloklar bosqichma-bosqich ishga tushirilib, energotizimga ulanayotgani qo‘shimcha qilingan.
Yangiliklar lentasi
0