Hodisalar

Yongʻin oʻchirish mashinalari fuqarolarni dezinfektsiya suvi bilan “choʻmiltirdi” – video

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Fotobankka oʻtishPojarno-takticheskiye ucheniya po tusheniyu nefteproduktov
Pojarno-takticheskiye ucheniya po tusheniyu nefteproduktov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.04.2021
Holat Andijon va Surxondaryo viloyatlarida roʻy bergan. FVV tegishli xodimlarga intizomiy taʼzir choralari koʻrilishini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholi ustiga suv sepib, dezinfektsiya ishlari amalga oshirilgani yuzasidan munosabat bildirdi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda yongʻin oʻchirish mashinalari koʻchalarga suv sepayotgani aks etgan videolar keng tarqalgan edi.
FVVning aniqlik kiritishicha, bu hodisa Andijon viloyati Marhamat va Surxondaryo viloyati Denov tumanlarida roʻy bergan.
Aniqlanishicha, koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida dezinfektsiya ishlari shoshilinch, tartibsiz holda amalga oshirilgan.
Vazirlik mazkur holatni toʻliq nazoratga olgan va hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Hodisa yuzasidan oʻrganish yakunlari boʻyicha tegishli xodimlarga intizomiy taʼzir choralari koʻriladi”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala