Yozga xos: hafta davomida issiq ob-havo kuzatiladi

© AP Photo / Mindaugas KulbisDeti igrayut v fontane vo vremya jari v Vilnyuse, Litva
Deti igrayut v fontane vo vremya jari v Vilnyuse, Litva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2021
Obuna bo‘lish
25 apreldan boshlab mamlakatga juda iliq havo massalari jadal kirib kelishi boshlandi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘ylab yoz boshi uchun xos bo‘lgan ochiq ob-havo harorati kuzatilmoqda, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.
26 aprel va ish haftasining davomida harorat meyordan 5-8° ga ko‘p bo‘ladi. Havo harorati kechalari 14-17°, kunduz kunlari 32-35°, janubda va cho‘l hududlarida 37-38° gacha bo‘ladi.
Kunduzgi harorat shu kunlar uchun bo‘lgan mutlaq maksimumga yaqinlashadi, deb ogohlantiradi sinoptiklar.
Haftaning oxirida Kaspiy dengizining shimoliy hududlaridan salqin va biroz nam havo massalari kirib keladi. Respublika hududida havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda, lekin yog‘ingarchilik ehtimoli kam bo‘ladi. Kunduz kuni harorat 27-32° gacha biroz pasayadi, ammo meyordan yuqori bo‘lib qoladi.
Yangiliklar lentasi
0