Dunyoda

Afgʻonistondagi vaziyat tanazzulga yuz tutmoqda - Shoygu

© Fotoxost-agentstvo sco-russia2020.ru / Fotobankka oʻtishMinistr oboronы RF Sergey Shoygu
Ministr oboronы RF Sergey Shoygu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
Afgʻonistondagi vaziyat tanazzulga yuz tutmoqda – Rossiya mudofaa vaziri
TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Afgʻonistondagi vaziyat tanazzulga yuz tutmoqda, shu munosabat bilan Rossiya va Tojikiston ushbu yoʻnalishdagi tahdidlarni birgalikda qaytarish ustida ish olib bormoqda, dedi seshanba kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu. RIA Novosti xabariga asosan.
"Qoʻshni Afgʻonistondagi vaziyatning tanazzulga uchrashi fonida biz birgalikda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tahdidlarni qaytarishni rejalashtirmoqdamiz, mashqlar davomida oʻzaro amaliy aloqalar masalalarini ishlab chiqmoqdamiz", - dedi Shoygu Dushanbedagi hamkasbi Sherali Mirzo bilan muzokaralarda.
Oʻtgan hafta respublikada 201-Rossiya harbiy bazasi va Tojikiston Qurolli Kuchlari bilan birgalikda qoʻshma taktik mashqlar boʻlib oʻtdi.
Uning soʻzlariga koʻra, ikkalasining umumiy vazifasi - Markaziy Osiyoda xavfsizlikni taʼminlash, "shuni hisobga olgan holda biz Tojikiston tomonini qoʻllab-quvvatlamoqdamiz, mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikka, 201-Rossiya harbiy bazasi faoliyatiga eʼtibor kuchaytiramiz", - dedi Shoygu.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala