Hodisalar

Andijonda qalbaki PZR-testini tayyorlab sotishni biznesga aylantirgan oʻquvchilar ushlandi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishMediko-sanitarnaya chast aeroporta Domodedovo
Mediko-sanitarnaya chast aeroporta Domodedovo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
Xoʻjaobod tumanidagi oʻrta maktabning 10-sinf oʻquvchilari fuqarolarga soxta test tahlillarini sotayotgan vaqtda qoʻlga olingan.
TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Andijon viloyatida qalbaki PZR-testini tayyorlab sotishni “kasb qilgan” oʻquvchilar ushlandi. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “Doʻstlik” chegara nazorat posti yaqinida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Xoʻjaobod tumanidagi oʻrta maktabning 10-sinf oʻquvchilari M.U. va N.M. tadbirga jalb qilingan ikki fuqaroga koronavirus aniqlanmagani toʻgʻrisidagi soxta PZR-testini sotayotgan vaqtida qoʻlga olingan. Ular xizmatlari evaziga 110 ming soʻm soʻrashgan.
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Hodisalar
Fuqaroni Rossiyaga soxta hujjatlar bilan yubormoqchi boʻlgan firibgar ushlandi
M.U.ning yashash xonadonida 45 dona Andijon viloyati SEOM gʻazna kirim orderi (Forma №KO) blankasi, 30 dona koronavirusga (COVID-19) test topshirganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma blankasi aniqlangan.
Bundan tashqari, 1 dona “ASER” noutbuk va 1 dona “YERSON” rangli printer musodara qilingan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala