Hodisalar

Chiroqchida birinchi sinf oʻquvchisi oʻlimi sabab ayollar yoʻlni toʻsib qoʻydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPeshexodnыy perexod v Tashkente
Peshexodnыy perexod v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.04.2021
“Qumdaryo” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi ayollar farzandlari avtomobil yoʻlini kesib oʻtishlari xavfli ekanini aytib, yangi maktab qurish berishni talab qilishgan.
TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani “Qumdaryo” mahalla fuqarolar yigʻini Oqtoʻnli qishlogʻida yashovchi bir guruh ayollar 23 aprel kuni “Qarshi—Samarqand” yoʻlining Xoʻjaobod qishlogʻidan oʻtuvchi qismini toʻsib qoʻygan. Voqea yuzasidan tuman hokimligi izoh berdi.
Hokimlik xabariga koʻra, ayollar farzandlari qoʻshni qishloqdagi maktabga borish uchun qiynalayotgani, Xoʻjaobod qishlogʻidagi maktabga borish uchun “Qarshi-Samarqand” avtomobil yoʻlini kesib oʻtishlari xavfli ekanini aytishgan. Chunki 21 aprel kuni yuk mashinasi piyodalar yoʻlakchasini kesib oʻtayotgan 140-sonli umumtaʼlim maktabining 1-sinf oʻquvchisi D.E.ni urib yuborgan va u vafot etgan.
V svyazi s novыmi pravilami PDD vыros spros na avtomobilnыy znak Shipы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.04.2021
Hodisalar
Oʻzbekistonda yomon yoʻllar sabab qariyb 2 yil ichida 191 kishi halok boʻlgan
Qashqadaryo viloyat IIB xabariga koʻra, ayollar oʻz hududlarida maktab qurib berishni soʻrashgan. Bundan tashqari, oʻquvchi qizni urib yuborgan “Isuzu” yuk mashinasi haydovchisi hibsga olingan. Unga nisbatan JKning 266-moddasi 2-qismi (Odam oʻlishiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi ochilgan.
Chiroqchi tumani hokimligi koʻngilsiz YTHdan keyin mahalliy aholi bilan uchrashuv oʻtkazilgani va “Qumdaryo” mahallasida qurilayotgan maktabning qurilishi tez orada boshlanishi tushuntirilganini taʼkidlagan.
Qashqadaryo viloyati hokimligi viloyat hokimi Zoyir Mirzayev marhuma D.E.ning vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolariga hamdardlik bildirgani va vaziyatni toʻliq nazoratga olganini maʼlum qilgan. Shuningdek, 1 sentyabr kuni yangi maktab foydalanishga topshirilishiga ishontirgan.
Voditel na gruzovike sbil dvux detey v Andijanskoy oblasti - foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2020
Hodisalar
Andijonda yuk mashinasi ikki qizaloqni bosib ketdi
2021 yil Davlat dasturi asosida Chiroqchi tuman xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 99-sonli umumtaʼlim maktabi filiali qurilishi rejalashtirilgan. U 176 oʻrinli boʻladi. Qurilish ishlari boshlanishi yilning ikkinchi choragida belgilangan. Hozirgi kunda buyurtmachi pudratchi tashkilotlar tanlovini oʻtkazish ishlari olib borilmoqda, deb qoʻshimcha qilgan tuman hokimligi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala