IIBB bedarak yo‘qolgan 4 nafar shaxsning qidiruvida ko‘mak so‘radi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMilitsiya
Militsiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2021
Obuna bo‘lish
Bedarak yo‘qolgan shaxslarning qidiruvi.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Toshkent shahar IIBB bedarak yo‘qolgan shaxslarning qidiruvda ko‘mak so‘radi.
1985 yilda tug‘ilgan Sarsenbayev Allambergen Yerejepovich 2021-yil 8-aprel kuni soat taxminan 16.00 da Chilonzor tumanida joylashgan savdo markazidan chiqib, noma’lum tomonga harakatlanib ketgan.
Belgilari: bo‘yi 165-170 sm, gavda tuzilishi o‘rtacha, sochlari kalta qora.
Egnida: qora kurtka, qora shim va etik bo‘lgan.
1960 yilda tug‘ilgan Axmedova Xolida Raxmanqulovna 2021-yil 20-aprel kuni soat taxminan 06.30 da Yangihayot tumani, Dustlik 1 manzili bo‘yicha joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.
Belgilari: bo‘yi 160-165 sm, to‘lachadan kelgan, sochi qora, kuz qoshi qora, yuzining o‘ng tomonida qora xoli bor.
Egnida: jigar rang ro‘mol, to‘q ko‘k uzun ko‘ylak va qora rezina shippak bo‘lgan.
1947 yilda tug‘ilgan Mochalov Vladimir Ivanovich, 2020-yilning oktabr oyida Olmazor tumani, Qora-qamish 2/4 manzili bo‘yicha joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.
Belgilari: bo‘yi 175-180 sm, gavda tuzilishi o‘rtacha, oq sochli, kuzlari qora.
Egnida: kepka, djinsi shim va qora tufli bo‘lgan.
1972 yilda tug‘ilgan Malikov Shukurillo Sultonovich, 2020-yilning noyabr oyida Mirzo-Ulug‘bek tumani, “Mag‘rur” ko‘chasida istiqomat qilib kelgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.
Belgilari: bo‘yi 170-173 sm, ozg‘indan kelgan, sochi qora, o‘ng qo‘lida chandig‘i bor.
Egnida: kul rang djemper, ko‘k djinsi shim va qora krossovka bo‘lgan.
“Hurmatli fuqarolar! Agar siz yuqorida keltirilgan shaxslar haqida biron bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, yaqin atrofda joylashgan ichki ishlar bo‘limiga yoki 102 raqamiga xabar berishingizni so‘raymiz”, - deyilgan xabarda.
© GUVD g. TashkentaGUVD g. Tashkenta raziskivayet lyudey
GUVD g. Tashkenta raziskivayet lyudey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2021
GUVD g. Tashkenta raziskivayet lyudey
Yangiliklar lentasi
0